وَدَانِيَةً عَلَيْهِمْ ظِلَـٰلُهَا وَذُلِّلَتْ قُطُوفُهَا تَذْلِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ustilariga u(jannat)ning soyalari yaqindir hamda uning mevalari juda ham oson qilingandir.Ва устиларига у(жаннат)нинг соялари яқиндир ҳамда унинг мевалари жуда ҳам осон қилингандир.Alauddin Mansour: (Jannat) soyalari ularga yaqin va mevalari ham (uzib tanovul qilish oson boʻlsin uchun) egib qoʻyilgan boʻlur.(Жаннат) соялари уларга яқин ва мевалари ҳам (узиб тановул қилиш осон бўлсин учун) эгиб қўйилган бўлур.
Yaʼni, jannat daraxtlari jannatiylarga doimo soya solib turadi. Mevalarning uzishga oson qilinganini ulamolar, kishi tikka tursa ham, oʻtirsa ham, yonboshlasa ham bir xilda–qoʻl uzatsa yetgudek boʻlib turadi, uzayotganda qoʻliga tikon kirishi yoki qoʻli yetmay qolish holatlari yoʻq, deb vasf qiladilar.
Bu dunyoda bogʻimizdagi biror mevadan tanovul qilish uchun, xoh u uzum boʻlsin, xoh ul olmayu nok boʻlsin, albatta, oyogʻimiz ostiga narvon qoʻyishimiz lozim boʻladi. Chunki, shunday uzalsak, boʻyimiz yetmaydi. Qovun-tarvuz yemoqchi boʻlsak, bozorga tushamiz. Xarid qilamiz. Oxiratda esa, jannat ahli ana shunday tashvishlardan xalos boʻladilar. U yerda sotuvchi ham, xaridor ham yoʻq. Meva shoxlari sizga egilib turadi. Bundan ortiq mukofot bormi!