QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Insan surasi · Oyatсураси · Оят15

وَيُطَافُ عَلَيْهِم بِـَٔانِيَةٍ مِّن فِضَّةٍ وَأَكْوَابٍ كَانَتْ قَوَارِيرَا۠

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularga kumush idishlar va billurlardan bo`lgan qadahlar aylantirib turilur.Ва уларга кумуш идишлар ва биллурлардан бўлган қадаҳлар айлантириб турилур.Alauddin Mansour: Ularga kumush idishlar(da taomlar) va shisha qadahlar(da sharoblar) aylantirilib turilur.Уларга кумуш идишлар(да таомлар) ва шиша қадаҳлар(да шароблар) айлантирилиб турилур.

579-sahifa · 29-juz · 58-hizb579-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَيُطَافُva aylantirib turilarва айлантириб туриларعَلَيْهِمulargaуларгаبِـَٔانِيَةٍۢidishlarидишларمِّن-dan-данفِضَّةٍۢkumushdanкумушданوَأَكْوَابٍۢva qadahlarва қадаҳларكَانَتْboʻlganбўлганقَوَارِيرَا۠billurбиллур
TafsirТафсир

Yaʼni, jannat ahllariga kumush idishlarda taom va billurdan boʻlgan qadahlarda sharob aylantirib turiladi. Oʻzlari borib, izlab, axtarib topmaydilar. Shu bilan birga, ovqat yeydigan idishlari ham, sharob ichadigan qadaqlari ham rohatbaxshdir.

Oxiratda jannat ahliga sharoblar tutib turilishi Qurʼoni Karimning bir necha suralarida nozil boʻlgan.

Alloh subhanahu va taolo oʻzining muqaddas kitobida vasf qilgan sharobni bu dunyoning harom ichimligiga tenglashtirishning oʻzi katta gunohdir. Chunki, jannatdagi sharob kishini aqlu hushidan ayirmaydi, balki hushyor qilgan holda rohat bagʻishlaydi. Uni hurlar tutib turadi. Uni ichgan bandalar bir-birlariga munofiqona soʻzlamaydilar, balki Allohning marhamati naqadar beqiyos ekanligi haqida kishininng tani yayraydigan uzundan-uzoq suhbatlar quradilar. Alloh taologa shukronalar aytadilar.

Bu dunyoning Qurʼonda harom qilingan ichimligi (xamr) esa, faqat-faqat yoʻldan ozdiradi, aqlu hushdan ayiradi, qavmu qarindoshdan begona qiladi.

Endi navbatdagi oyatlarga koʻz yugurtiring-da, xulosani oʻzingiz chiqarib olavering...