۞ وَيَطُوفُ عَلَيْهِمْ وِلْدَٰنٌ مُّخَلَّدُونَ إِذَا رَأَيْتَهُمْ حَسِبْتَهُمْ لُؤْلُؤًا مَّنثُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ularning atrofida abadiy yosh bolalar aylanarlar, agar ularni ko`rsang, sochilgan marjon, deb o`ylarsan.Ва уларнинг атрофида абадий ёш болалар айланарлар, агар уларни кўрсанг, сочилган маржон, деб ўйларсан.Alauddin Mansour: Ularning ustida mangu yosh (yaʼni, hech qarimaydigan) bolalar (xizmat qilib) aylanib tururlarki, ularni koʻrgan vaqtingizda (goʻzalliklari, ranglarining tiniqligi va yuzlarining nurliligidan) sochib yuborilgan marvaridlarmi, deb oʻylarsiz.Уларнинг устида мангу ёш (яъни, ҳеч қаримайдиган) болалар (хизмат қилиб) айланиб турурларки, уларни кўрган вақтингизда (гўзалликлари, рангларининг тиниқлиги ва юзларининг нурлилигидан) сочиб юборилган марваридларми, деб ўйларсиз.
«Abadiy yosh bolalar», yaʼni gʻilmonlar jannat ahli uchun xizmatkor qilib yaratilgan shaxslardir. Ular yosh, xushroʻy boʻlishi bilan birga, bir xil yoshda bardavom boʻladilar. Yoshlari katta boʻlib, shakllari oʻzgarmaydi. Qarib, vafot etmaydilar.
Oʻsha bolalarning xizmat qilib yelib yurganlarini, yuzlarining xushroʻyligini, kiyimlarini koʻrgan kishi xuddi sochilib turgan laʼl va marjonlarni koʻrgandek boʻladi.