عَـٰلِيَهُمْ ثِيَابُ سُندُسٍ خُضْرٌ وَإِسْتَبْرَقٌ ۖ وَحُلُّوٓا۟ أَسَاوِرَ مِن فِضَّةٍ وَسَقَىٰهُمْ رَبُّهُمْ شَرَابًا طَهُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularning ustilarida yashil sundusdan (yupqa ipakdan) va istabraqdan (qalin ipakdan) kiyimlar bor va kumush bilakuzuklar-la yasanganlar va Robbilari ularni pok sharob bilan sug`orur.Уларнинг устиларида яшил сундусдан (юпқа ипакдан) ва истабрақдан (қалин ипакдан) кийимлар бор ва кумуш билакузуклар-ла ясанганлар ва Роббилари уларни пок шароб билан суғорур.Alauddin Mansour: Ularning ustlarida yashil ipak va shoyi liboslar boʻlib, ular kumush bilakuzuklar bilan bezangandirlar va Parvardigorlari ularni nihoyatda pokiza sharob-la sugʻorgandir.Уларнинг устларида яшил ипак ва шойи либослар бўлиб, улар кумуш билакузуклар билан безангандирлар ва Парвардигорлари уларни ниҳоятда покиза шароб-ла суғоргандир.
Yaʼni, jannat ahlining ichki kiyimi yupqa ipakdan va tashqi kiyimi qalin ipakdan boʻladi. Robbul olamiyn Oʻzi ularga pok sharob beradi. Yuqorida aytib oʻtganimizdek, u sharob bu dunyoning sharobiga hech-hech oʻxshamaydi, zarari ham yoʻq, quyqasi ham yoʻq.
Chin moʻmin uchun shuncha nozu neʼmatlarga erishishning oʻzi katta baxtdir. Shu bilan birga, ularni eʼlon qilish baxtiyor bandalar sevinchini yanada oshiradi. Shuning uchun ham, Alloh subhanahu va taolo jannat ahliga jannatga va uning neʼmatlariga erishayotgan paytlarida quyidagi eʼlonini bildiradi: