إِنَّ هَـٰذَا كَانَ لَكُمْ جَزَآءً وَكَانَ سَعْيُكُم مَّشْكُورًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, bu sizga mukofot bo`ldi va sizning amalingiz qabul bo`ldi.Албатта, бу сизга мукофот бўлди ва сизнинг амалингиз қабул бўлди.Alauddin Mansour: Albatta bu (jannat va undagi noz-neʼmatlar) sizlar uchun mukofot boʻldi.Албатта бу (жаннат ва ундаги ноз-неъматлар) сизлар учун мукофот бўлди.
Bu, nihoyatda huzurbaxsh, moʻminlarni behaddu behisob xursand qiladigan, ularga Alloh taoloning roziligini, muhabbatini sezdiradigan nidodir.
Bu dunyoda jamiyatning biror aʼzosi oʻz mehnati uchun mukofotlanadigan boʻlsa, uning ismi sharifiyu oladigan tuhfasini roʻznomalaru oynai jahon orqali qayta va qayta eʼlon qiladilar. Uni qavmu qarindoshlari tabriklaydilar. Xullas, oʻsha kishi uchun koʻp sevinchli daqiqalar tugʻiladi.
Lekin oxiratda Alloh taoloning eʼlon qilgan farmoni abadiydir. Jannat ahli olgan mukofotlar abadiydir.
Shunday ekan, oʻtkinchi dunyoning behuda hoyi-xavaslaridan bir fursat boʻlsa-da oʻzni toʻxtating. Navbatdagi oyatlarga koʻz yugurtiring. Farzandingizga, ahli ayolingizga oʻqib eshittiring. Zora, shu ishingiz tufayli ular hidoyatga kelsa. Saodatga erishsalar.
Alloh taolo tarafidan Islom dini yuborilib, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam Makka ahlini bu dinga daʼvat eta boshlagan dastlabki kunlardanoq, Makka mushriklari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning daʼvatlarini toʻsish maqsadida u zotga koʻp ozor berardilar. Gohida esa, u kishini mol-dunyo, mansabu sultonlik bilan yoʻldan ozdirmoqchi boʻlardilar. Alloh taolo mushriklarning bunday munofiqligiga javoban quyidagi oyatlarni tushirgan: