Al-Insan surasi · Oyatсураси · Оят25
وَٱذْكُرِ ٱسْمَ رَبِّكَ بُكْرَةً وَأَصِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ertayu kech Robbing ismini zikr qil.Эртаю кеч Роббинг исмини зикр қил.Alauddin Mansour: Va erta-yu kech Parvardigoringizning nomini zikr qiling!Ва эрта-ю кеч Парвардигорингизнинг номини зикр қилинг!
579-sahifa · 29-juz · 58-hizb579-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱذْكُرِva zikr qilва зикр қилٱسْمَisminiисминиرَبِّكَRobbingningРоббингнингبُكْرَةًۭertalabэрталабوَأَصِيلًۭاva kechqurunва кечқурун
TafsirТафсир
Yaʼni, uning nomini poklab yod et.
Baʼzi tafsirchilar «bukratan»dan murod Bamdod namozi, «asiylo»dan murod Peshin va Asr namozi, «Va minal layli»dan murod esa, Shom va Xufton namozlari, «laylan toviylo»dan murod kechasini bedorlik bilan oʻtkazib oʻqilgan namoz, deganlar.
Endigi oyatlarda mushriklarning dinga kirmasliklarining, yaʼni Allohga iymon keltirmasliklarining sababi tushuntiriladi: