وَمِنَ ٱلَّيْلِ فَٱسْجُدْ لَهُۥ وَسَبِّحْهُ لَيْلًا طَوِيلًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kechasida ham Unga sajda qil va uzoq kechalarda Unga tasbih ayt.Ва кечасида ҳам Унга сажда қил ва узоқ кечаларда Унга тасбиҳ айт.Alauddin Mansour: Yana kechaning bir qismida ham U zotga sajda qiling va tunda uzoq (bedor boʻlib) U zotga tasbeh ayting!Яна кечанинг бир қисмида ҳам У зотга сажда қилинг ва тунда узоқ (бедор бўлиб) У зотга тасбеҳ айтинг!
Yaʼni, uning nomini poklab yod et.
Baʼzi tafsirchilar «bukratan»dan murod Bamdod namozi, «asiylo»dan murod Peshin va Asr namozi, «Va minal layli»dan murod esa, Shom va Xufton namozlari, «laylan toviylo»dan murod kechasini bedorlik bilan oʻtkazib oʻqilgan namoz, deganlar.
Endigi oyatlarda mushriklarning dinga kirmasliklarining, yaʼni Allohga iymon keltirmasliklarining sababi tushuntiriladi: