عَيْنًا يَشْرَبُ بِهَا عِبَادُ ٱللَّهِ يُفَجِّرُونَهَا تَفْجِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bir buloqdanki, undan Allohning bandalari otiltirib icharlar.Бир булоқданки, ундан Аллоҳнинг бандалари отилтириб ичарлар.Alauddin Mansour: (Ular) Allohning (yaxshi) bandalari ichadigan (jannatiy) chashma boʻlgan maykosalardan (may) ichurlar. Ular u (chashmani oʻzlari xohlagan joydan) chiqarib-oqizib olurlar.(Улар) Аллоҳнинг (яхши) бандалари ичадиган (жаннатий) чашма бўлган майкосалардан (май) ичурлар. Улар у (чашмани ўзлари хоҳлаган жойдан) чиқариб-оқизиб олурлар.
Yaʼni, jannatdagi Kaafur bulogʻidan Alloh taoloning rizoligini topgan bandalar xohlagan tarafga qaratib otiltirib ichadilar, goʻyoki favvoralardek. Qasrda oʻtirib ichgisi kelsa, qasri oliyda, xuru gʻilmonlar birla suhbat qurib oʻtirgan joyda xohlashsa, oʻsha yerda, xullas, qaysi joyni va qaysi holatni maqbul topsalar, Kaafur bulogʻi ularga muntazir boʻladi.
Kelgusi oyatlarda esa, Alloh taolo yaxshi bandalarning sifatlarini zikr qiladi.