يُوفُونَ بِٱلنَّذْرِ وَيَخَافُونَ يَوْمًا كَانَ شَرُّهُۥ مُسْتَطِيرًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular nazrga vafo qilarlar va yomonligi keng tarqaladigan kundan qo`rqarlar.Улар назрга вафо қиларлар ва ёмонлиги кенг тарқаладиган кундан қўрқарлар.Alauddin Mansour: Ular (hayoti-dunyoda oʻz zimmalariga olgan) nazrlarini toʻla ado qilurlar va yomonlik-dahshatlari keng yoyilguvchi boʻlgan (Qiyomat) kunidan qoʻrqurlar.Улар (ҳаёти-дунёда ўз зиммаларига олган) назрларини тўла адо қилурлар ва ёмонлик-даҳшатлари кенг ёйилгувчи бўлган (Қиёмат) кунидан қўрқурлар.
Nazr–insonga oʻzi aslida lozim boʻlmagan ibodatni oʻzicha lozim qilib olishlikdir. Masalan: bir kishi ogʻir betob boʻldi, yotgan joyida shunday niyat qiladi: «Ey Allohim, agar kasalimdan tuzalib ketsam, bir qoʻy soʻyib ehson qilaman». Yoki: «Bolam eson-omon harbiy xizmatdan qaytib kelsa, oʻn kun roʻza tutaman» va hokazo...
Kimki shunday narsalarni nazr qilsa, unga vafo qilmogʻi vojib boʻladi. Agar kishi gunoh ishlarni nazr qilsa-chi, degan savol ham tugʻilishi tabiiy. Misol uchun, falon ishim bitsa, falon mansabdagilarga qoʻy soʻyib, aroq quyaman, bosh-oyoq sarpo qilaman, qabilidagi nopok niyatlar. Bunday holda u nazr hisoblanmaydi va amalga oshirilmaydi. Bordi-yu, hotamtoylik qilib oʻtkazilsa ham, Alloh taolo xoʻjakoʻrsinga qilingan bunday nazrni qabul etmaydi. Chunki, u yaxshi bandalar nazrini tilga oldi. Elga aroq berib, oʻzini ham, ahli ayolini ham doʻzaxga tiqadiganlar hech qachon abror boʻlmaydilar.
Ikkinchi sifat (qiyomatdan qoʻrqish) esa, doimiy ravishda faqat Alloh taologa xush keladigan ishlarni qilib, unga yoqmaydigan ishlardan chetlashishga chorlaydi. Ana shunday xayrli ishlarni qiluvchi abror bandalarning sifatlaridan yana biri navbatdagi oyatda nozil boʻlgan.