وَيْلٌ يَوْمَئِذٍ لِّلْمُكَذِّبِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shal kunda yolg`onga chiqaruvchilarga vayl bo`lsin!Ўшал кунда ёлғонга чиқарувчиларга вайл бўлсин!Alauddin Mansour: U Kunda oʻsha Kunni yolgʻon deguvchilarga halokat boʻlgay!У Кунда ўша Кунни ёлғон дегувчиларга ҳалокат бўлгай!
Yaʼni, ey, nobakor kofirlar, Alloh taolo iymon keltirishga amr qilgan narsalarni yolgʻonga chiqarayotgan jinoyatchilar! Es-hushingizni yigʻing! Oʻzingizcha hovliqib, bosar-tusaringizni bilmay, oʻzingizni yaratgan Xoliqqa kufr keltirmang. Aslingiz nima ekanini oʻzingiz bir oʻylab koʻring. Bas, sizlarni haqir suvdan yaratmadikmi?!
«Maniy» deb nomlanadigan, har kim jirkanadigan, biror yeriga tegib qolishidan ehtiyot boʻladigan arzimagan suvdan yaratmadikmi?! Buncha hovliqasizlar, oʻzi?!