Al-Mursalat surasi · Oyatсураси · Оят20
أَلَمْ نَخْلُقكُّم مِّن مَّآءٍ مَّهِينٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarni haqir suvdan yaratmadikmi?Сизларни ҳақир сувдан яратмадикми?Alauddin Mansour: Axir Biz sizlarni bir haqir suvdan yaratmadikmi?!Ахир Биз сизларни бир ҳақир сувдан яратмадикми?!
581-sahifa · 29-juz · 58-hizb581-саҳифа · 29-жуз · 58-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَلَمْemasmiэмасмиنَخْلُقكُّمBiz sizlarni yaratdikБиз сизларни яратдикمِّن-dan-данمَّآءٍۢsuvсувمَّهِينٍۢhaqirҳақир
TafsirТафсир
Yaʼni, ey, nobakor kofirlar, Alloh taolo iymon keltirishga amr qilgan narsalarni yolgʻonga chiqarayotgan jinoyatchilar! Es-hushingizni yigʻing! Oʻzingizcha hovliqib, bosar-tusaringizni bilmay, oʻzingizni yaratgan Xoliqqa kufr keltirmang. Aslingiz nima ekanini oʻzingiz bir oʻylab koʻring. Bas, sizlarni haqir suvdan yaratmadikmi?!
«Maniy» deb nomlanadigan, har kim jirkanadigan, biror yeriga tegib qolishidan ehtiyot boʻladigan arzimagan suvdan yaratmadikmi?! Buncha hovliqasizlar, oʻzi?!