QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят19

وَفُتِحَتِ ٱلسَّمَآءُ فَكَانَتْ أَبْوَٰبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Osmon yorilib eshiklar ochilur.Осмон ёрилиб эшиклар очилур.Alauddin Mansour: Osmon ham ochilib, (farishtalar tushib keladigan) eshiklarga aylanib qoldi!Осмон ҳам очилиб, (фаришталар тушиб келадиган) эшикларга айланиб қолди!

582-sahifa · 30-juz · 59-hizb582-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَفُتِحَتِva ochilurва очилурٱلسَّمَآءُosmonосмонفَكَانَتْva boʻlurва бўлурأَبْوَٰبًۭاeshik-eshiklarэшик-эшиклар
TafsirТафсир

Qiyomat kuni dahshatidan shunday ulkan narsa–osmonning nizomi buzilib, u yorilib, eshiklar ochilganga oʻxshab ketadi. Yuqorida kelgan oyatlardan birida, yetti mustahkam osmon bino qilganini aytib, Alloh taolo Oʻz qodirligiga dalil keltirgan edi. Endi esa, oʻsha mustahkam osmonlar parcha-parcha boʻlib, ulardan eshiklar ochilib ketishini taʼkidlamoqda. Demak, qiyomat oʻziga yarasha dahshatga ega narsa. U, Allohning qudrati cheksizligining yana bir dalilidir.

Oʻsha dahshatli kunda yana: