وَسُيِّرَتِ ٱلْجِبَالُ فَكَانَتْ سَرَابًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Tog`lar o`rnidan ko`chirilib, sarobga aylanur.Тоғлар ўрнидан кўчирилиб, саробга айланур.Alauddin Mansour: Togʻlar ham (joylaridan) jildirilib, (osmonda uchib yurgan) sarobga aylanib qoldi!Тоғлар ҳам (жойларидан) жилдирилиб, (осмонда учиб юрган) саробга айланиб қолди!
Oʻsha kun dahshatidan ulkan, serviqor, yerning qimirlab ketmasligi uchun unga qoziq vazifasini oʻtovchi qilib qoʻyilgan togʻlar ham sarobga, mayda chang zarrachalariga aylanib ketar ekan.
Bu oyat haqida ham yuqoridagi oyat tafsirida aytilgan gaplarni aytishimiz mumkin. Avval kelgan oyatlarning birida Alloh taolo ulkan togʻlarni yerni ushlab turuvchi qoziqlar qilib qoʻygani haqida soʻz yuritgan edi. Endi esa, qiyomat qoim boʻlganda, oʻsha ulkan togʻlar yerni tutib turishi u yoqda tursin, oʻzini ham tuta olmay, chang-gʻuborga, sarobga aylanib qolishini taʼkidlamoqda. Bu ham qiyomatning qanchalar ulkan hodisa ekanligining va Alloh taoloning cheksiz qudratining yana bir dalilidir.
Shu yerda surai karimaning avvalidan takrorlanib kelayotgan savol, shunchalar ishlarni qilishga qodir boʻlgan Alloh taolo oʻliklarni qayta tiriltirishga, ularni savol-javobga tutishga va jazolashga qodir boʻlmasmidi, degan savol koʻndalang boʻladi.
Javob esa, keyingi oyatda keladi.