وَكَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِنَا كِذَّابًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va Bizning oyatlarimizni yolg`on deyishgan edi, yolg`on!Ва Бизнинг оятларимизни ёлғон дейишган эди, ёлғон!Alauddin Mansour: Ular bizning oyatlarimizni butunlay yolgʻon der edilar!Улар бизнинг оятларимизни бутунлай ёлғон дер эдилар!
Albatta, Alloh taoloning oyatlarini, «yolgʻon» deganidan keyin jahannamga tushib, mazkur azoblarni tortishi kerak-da! Alloh taoloning oyatlarini «yolgʻon» deyishlikning oʻzi har qanday azob-uqubatga loyiq ish. Ammo, buning ustiga, Alloh taoloning oyatlarini «yolgʻon» degan shaxs butun umrini yomonlik bilan oʻtkazadi. Bu esa, dard ustiga chipqon boʻladi. Ana shunga binoan, oxiratda ham azob ustiga azob boʻladi. Bu dunyoda qilgan zarracha gunohi ham chetda qolmaydi. Chunki: