فَذُوقُوا۟ فَلَن نَّزِيدَكُمْ إِلَّا عَذَابًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, tatib ko`ringlar, sizlarga azobdan boshqa hech narsani ziyoda qilmasmiz.Бас, татиб кўринглар, сизларга азобдан бошқа ҳеч нарсани зиёда қилмасмиз.Alauddin Mansour: Bas, (ey kofirlar, Bizning azobimizni) totib koʻringlar! Endi Biz sizlarga faqat azobnigina ziyoda qilurmiz!Бас, (эй кофирлар, Бизнинг азобимизни) тотиб кўринглар! Энди Биз сизларга фақат азобнигина зиёда қилурмиз!
Ha, endi qiyomat qoim boʻldi. Endi, kofir va osiylarga, oxiratga, hisob-kitob boʻlishiga ishonmaganlarga va Alloh taoloning oyatlarini yolgʻonga chiqarganlarga azobdan boshqa narsa ziyoda qilinmaydi.
Yuqorida kelgan oyati karimalarda doʻzax ahlining holi bayon qilib boʻlinganidan soʻng, endi jannat ahli bayoniga oʻtiladi. Ikki bir-biriga qarshi narsani bir joyda taʼriflash Qurʼoni Karimga xos ekanligini ulamolar taʼkidlashgan.
Doʻzax bilan jannatni bir joyda bir xil saviyada vasf qilish ilohiy uslubga xosligini katta adiblar ham tan olganlar.