رَّبِّ ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ وَمَا بَيْنَهُمَا ٱلرَّحْمَـٰنِ ۖ لَا يَمْلِكُونَ مِنْهُ خِطَابًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbi, Rohmandir. Uning huzurida hech kim xitob qilishga qodir bo`lmas.У, осмонлар, ер ва уларнинг орасидаги барча нарсаларнинг Робби, Роҳмандир. Унинг ҳузурида ҳеч ким хитоб қилишга қодир бўлмас.Alauddin Mansour: Osmonlar va Yerning hamda ularning oʻrtasidagi bor narsalarning Parvardigori boʻlmish Mehribon Zot tomonidan (berilgan mukofot, yetarli marhamatdir). Ular (insonlar) U zotdan (Allohdan) qoʻrqib biron soʻz aytishga qodir boʻlmaslar.Осмонлар ва Ернинг ҳамда уларнинг ўртасидаги бор нарсаларнинг Парвардигори бўлмиш Меҳрибон Зот томонидан (берилган мукофот, етарли марҳаматдир). Улар (инсонлар) У зотдан (Аллоҳдан) қўрқиб бирон сўз айтишга қодир бўлмаслар.
Yaʼni, taqvodor bandalarga mazkur mukofotlarni beruvchi Zot Rohman sifatiga ega boʻlgan, osmonlaru yerning va ular orasidagi narsalarning Robbisidir.
«U, osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalarning Robbisi, Rohmandir.»
Alloh taoloning Robblik sifati oʻzida Xoliq–yaratuvchilik, Roziq–rizq beruvchilik, Murabbiy–tarbiya qiluvchilik, Mudabbir –tadbir qiluvchilik kabi sifatlarni jamlashini avval ham aytilgan edi. Ushbu oyati karimada Alloh taoloning Robbligi faqat insonlarga emas, balki
«osmonlar, yer va ularning orasidagi barcha narsalar»ga tegishli ekanligi taʼkidlanmoqda.
Alloh taoloning «Rohman» sifati ham oʻzida keng maʼnolarni, jumladan, moʻminu kofir, taqvodoru osiyga rizq ato qiluvchi maʼnosini anglatishini yaxshi bilamiz.
Qiyomat kuni
«Uning huzurida hech kim xitob qilishga qodir boʻlmas».
Oʻshandoq ulugʻ sifatlar sohibi boʻlmish Zot huzurida kim ham biror narsa deyishga jurʼat eta olardi.