يَوْمَ يَقُومُ ٱلرُّوحُ وَٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ صَفًّا ۖ لَّا يَتَكَلَّمُونَ إِلَّا مَنْ أَذِنَ لَهُ ٱلرَّحْمَـٰنُ وَقَالَ صَوَابًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`sha kunda Ruh va farishtalar saf bo`lib turar. Rohman izn berganlar va to`g`ri so`zlaganlardan o`zgalar hech gapira olmaslar.Ўша кунда Руҳ ва фаришталар саф бўлиб турар. Роҳман изн берганлар ва тўғри сўзлаганлардан ўзгалар ҳеч гапира олмаслар.Alauddin Mansour: Ruh (Jabroil) va (barcha) farishtalar saf tortib turadigan Kunda ular soʻzlay olmaslar, faqat U Mehribon zot izn bergan kishigina (soʻzlar) va (faqat) rost soʻzni aytur.Руҳ (Жаброил) ва (барча) фаришталар саф тортиб турадиган Кунда улар сўзлай олмаслар, фақат У Меҳрибон зот изн берган кишигина (сўзлар) ва (фақат) рост сўзни айтур.
Yaʼni, qiyomat kunida nafaqat odamlar, balki, «Ruh» nomini olgan farishtalarning kattasi Jabroil alayhissalom ham, oʻzga farishtalarning barchasi ham Alloh taoloning huzurida saf tortib turadilar.
Tafsirchilar, ushbu oyati karimada zikr qilingan
«toʻgʻri soʻz soʻzlaganlar»dan murod «Laa ilaaha illallohu»ni aytib–shahodat keltirib musulmon boʻlganlar, deyishadi.
Demak, qiyomat kuni barcha farishtalaru odamlar Alloh taoloning huzurida saf tortib turganlarida faqatgina iymon keltirgan bandalargina gapira olishlari mumkin ekan.