QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят5

ثُمَّ كَلَّا سَيَعْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yana yo`q! Ular tezda bilurlar!Яна йўқ! Улар тезда билурлар!Alauddin Mansour: Yana bir bor yoʻq! Ular yaqinda bilib olajaklar!Яна бир бор йўқ! Улар яқинда билиб олажаклар!

582-sahifa · 30-juz · 59-hizb582-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ثُمَّyanaянаكَلَّاyoʻq!йўқ!سَيَعْلَمُونَtezda bilarlarтезда биларлар
TafsirТафсир

Bu oyat oldingi oyati karimaning maʼnosini yana ham kuchliroq taʼkidlash uchun kelgan. Yoʻq! Yana yoʻq! Mushriklar tezda, oʻz boshlariga tushganda, azobni tortganlarida, qayta tirilish nima ekanligini, uning boʻlishi hech shubhasiz haq ekanini albatta biladilar.

Kelgusi oyatlarda esa, oʻlgandan soʻng tiriltirish, qiyomat qoim qilish Alloh taologa osonligini bildirish uchun, insonga har doim uchrab turadigan, Alloh taoloning qudrati cheksiz ekaniga dalolat boʻladigan narsalar haqida soʻz ketadi.