QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят7

وَٱلْجِبَالَ أَوْتَادًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va tog`larni qoziq (qilib qo`ymadikmi?).Ва тоғларни қозиқ (қилиб қўймадикми?).Alauddin Mansour: togʻlarni esa (oʻsha Yerni tutib turguvchi) qoziqlar qilib qoʻymadikmi?!тоғларни эса (ўша Ерни тутиб тургувчи) қозиқлар қилиб қўймадикми?!

582-sahifa · 30-juz · 59-hizb582-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱلْجِبَالَva togʻlarniва тоғларниأَوْتَادًۭاqoziqlar (qilib)қозиқлар (қилиб)
TafsirТафсир

Yer yuzidagi togʻlar ham ulkan narsalar, ular doimo insonga koʻrinib, uni hayratga solib turadi. Bunday ulkan narsalarni ham Alloh taolo yaratmasa, kim yaratadi. Yoki Allohdan oʻzga birorta zot togʻ yaratganining xabari bormi? Shu oyatda togʻlarning qoziq qilib qoʻyilgani aytilyapti. Ulamolar togʻlar qancha yuksak boʻlsa, yer ostida oʻz yuksakligiga toʻrt yarim barobar uzunlikda tomirga ega boʻlishini kashf qildilar. Ana, qoziqning siri. Agar togʻlar qoziq boʻlib turmasa, yer kurrasi hozirgi holida turmasdan, nizomi buzilishini ham ulamolar isbot qildilar.

Shunchalik ulkan, baland togʻlarni oʻziga toʻrt yarim barobar tomiri bilan yaratib, yerga qoziq qilib qoʻygan Alloh taolo oʻsha togʻlar qarshisida hech narsa hisoblanmaydigan odamlarni oʻlganlaridan soʻng qayta tiriltirib, soʻroq-savol qilib, jazosini berishga qodir emasmi?!