QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Naba surasi · Oyatсураси · Оят9

وَجَعَلْنَا نَوْمَكُمْ سُبَاتًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va uyqularingizni rohat qilib qo`ydik.Ва уйқуларингизни роҳат қилиб қўйдик.Alauddin Mansour: Uyqularingizni (badanlaringiz va asablaringiz uchun) orom qildik.Уйқуларингизни (баданларингиз ва асабларингиз учун) ором қилдик.

582-sahifa · 30-juz · 59-hizb582-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَجَعَلْنَاva qilib qoʻydikва қилиб қўйдикنَوْمَكُمْuyqularingizniуйқуларингизниسُبَاتًۭاrohatроҳат
TafsirТафсир

Uyquning nima ekanini, usiz hech qanday rohat yoʻqligini, Alloh taolodan boshqa hech kim uni ato qilolmasligini hamma biladi.

Alloh taolo Oʻz bandalariga xitob qilib,

«Va uyqularingizni rohat qilib qoʻydik», deyishi bejiz emas!

Uyqu Alloh taoloning qudrati cheksizligiga dalillardan bir dalildir. Alloh taolo uni rohat olish omili qilib qoʻygan. Hech bir jonzot uyqusiz yashay olmaydi. Uyqu paytida miyaning idrok qiluvchi qismi ishdan toʻxtaydi. Natijada, jismning boshqa aʼzolari va toʻqimalari dam oladi. Uyqu paytida insonning hamma narsasi, hatto asablari ham dam oladi. Nafas olish ham sekinlashadi, tomir urishi ozayadi va hokazo. Bu narsalarning barchasi insonga uyqu davomida rohat baxsh etadi.

Uyqu yetishmovchiligi esa, inson hayotini tamoman izdan chiqaradi. Ulamolar tajribasi shuni koʻrsatdiki, odam 30–40 kunlik ochlikka bemalol chiday olar ekan. Ammo uyqusizlik 2–3 kundan ortiq boʻlishi mumkin emas ekan. Shuningdek, kechasidagi uyqu, kunduzgisidan bir necha barobar yaxshiligini hamma biladi.

Uyqu kichik oʻlim, deyiladi. Oʻsha kichik oʻlimdan keyin bandaning hayotga yangi kuch, yangi gʻayrat bilan qaytishini Alloh taoloning Oʻzigina taʼminlaydi. Kichik oʻlimdan keyin hammani qayta tiriltirishga faqat Alloh taologina qodirdir.

Shunchalik narsaga qodir boʻlgan zot, oʻlganlarni qayta tiriltirib, soʻroq-savol qilib, jazosini berishga qodir boʻlmasmidi? Albatta, qodir boʻladi!