فَإِذَا هُم بِٱلسَّاهِرَةِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ko`ribsizki, ular (qiyomat) maydonida turibdir.Кўрибсизки, улар (қиёмат) майдонида турибдир.Alauddin Mansour: Soʻng banogoh ular (tirik holda) Yer ustida boʻlib qolurlar!Сўнг баногоҳ улар (тирик ҳолда) Ер устида бўлиб қолурлар!
Kelajak oyatlarda Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomga, musulmonlarga tasalli berish uchun, yuqorida zikr qilinganga oʻxshash kofirlar, tugʻyonkor osiylar har bir Paygʻambar davrida ham boʻlganini bildiradi va ulardan xafa boʻlib, noumid boʻlmaslikka hamda oʻsha davrlardagi Anbiyo va moʻminlardan oʻrnak olishga chaqirib, Muso va Firʼavn qissasini muxtasar qilib keltiradi.
Muso alayhissalomning qissalari Qurʼoni Karimda eng koʻp kelgan qissadir. Chunki, Muso alayhissalom Alloh taolo tarafidan oʻsha davrdagi yahudiylarga Paygʻambar qilib yuborilganlar. Yahudiylar esa, arablarga yaqin joyda yashashgan va arablarga Anbiyolarning, jumladan, Muso alayhissalomning qissalarini aytib berib yurganlar.
Qurʼoni Karimdagi qissalar, avvalo, ibrat olishga daʼvat boʻlgan va ayni paytda, yahudiylar tomonidan soxtalashtirib yuborilgan tarixni tuzatish ham boʻlgan.
Muso alayhissalom va Firʼavn qissasi Qurʼoni Karimning koʻpgina suralarida goh qisqa, goh batafsil va goh oʻrtacha shaklda kelgan. Ushbu surada esa, qissa muxtasar shaklda kelib, Firʼavn tugʻyonga ketgani sababidan halok boʻlganini bayon qilmoqda. Bunda esa, Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga, moʻmin-musulmonlarga tasalli bordir. Yaʼni, sizlarga kofirlar yetkazayotgan ozorlardan xafa boʻlmanglar, din dushmanlari, kim boʻlishlaridan qatʼinazar, baribir halokatga uchraydilar, degan maʼno bordir.