QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nazi'at surasi · Oyatсураси · Оят24

فَقَالَ أَنَا۠ رَبُّكُمُ ٱلْأَعْلَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, men sizlarning eng oliy Robbingizman, dedi.Ва, мен сизларнинг энг олий Роббингизман, деди.Alauddin Mansour: «Men sizlarning eng ustun Parvardigoringizdirman», dedi.«Мен сизларнинг энг устун Парвардигорингиздирман», деди.

584-sahifa · 30-juz · 59-hizb584-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَقَالَbas, dediбас, дедиأَنَا۠menменرَبُّكُمُsizlarning Robbingizmanсизларнинг Роббингизманٱلْأَعْلَىٰeng oliyэнг олий
TafsirТафсир

Yaʼni, Robblik daʼvosini qildi. Qilganda ham, eng oliy Robblik daʼvosini qildi. Chunki, Muso alayhissalom Firʼavnni ham, boshqalarni ham Robbul olamiynga ibodat qilishga daʼvat qilgan edilar. Firʼavn oʻzining bu tasarrufi ila, Muso daʼvat qilayotgan Robb emas, men eng oliy Robbman, demoqchi boʻldi.