ءَأَنتُمْ أَشَدُّ خَلْقًا أَمِ ٱلسَّمَآءُ ۚ بَنَىٰهَا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarni yaratish qiyinmi yoki U zot bino qilgan osmonnimi?Сизларни яратиш қийинми ёки У зот бино қилган осмонними?Alauddin Mansour: (Ey mushriklar), sizlarni yaratish qiyinroqmi yoki osmonnimi?! (Yaʼni, butun Yer kurrasining atrofini oʻzga sayyoralardan biron ziyon yetmasligi uchun tom — osmon bilan qoplab qoʻyishga qodir boʻlgan Zot uchun sizlarni yaratish yoki qayta tiriltirish hech gap emas-ku!) (Alloh) uni bino qildi;(Эй мушриклар), сизларни яратиш қийинроқми ёки осмонними?! (Яъни, бутун Ер куррасининг атрофини ўзга сайёралардан бирон зиён етмаслиги учун том — осмон билан қоплаб қўйишга қодир бўлган Зот учун сизларни яратиш ёки қайта тирилтириш ҳеч гап эмас-ку!) (Аллоҳ) уни бино қилди;
Yaʼni ey odamlar, oʻlgandan soʻng tirilishga ishonmayapsizlar-a? Lekin oʻzingiz oʻylab koʻring: osmonni ham, sizlarni ham Alloh taoloning Oʻzi yaratgan. Shunday ulkan narsani yaratgan Zot sizlarni qayta tiriltirishga qodir boʻlmasmidi?
Alloh taolo ushbu oyatda osmonni yaratishini «bino qilish» deb atamoqda. Bino qilish esa, turli boʻlaklarni bir-biriga birlashtirib, bir butun bino hosil qilish, demakdir. Alloh taolo osmonni bino qilishda ham turli yulduz, sayyora va boshqa mavjudotlarni bir-biriga bogʻliq qilib, bir nizomga tushirib yasagandir.
Osmonning cheki qayerdaligini bila olmagan inson uni va undagi barcha narsalarni yaratgan Zot oʻlganlarni qayta tiriltirishiga ishonmasligi qiziq!