QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
An-Nazi'at surasi · Oyatсураси · Оят41

فَإِنَّ ٱلْجَنَّةَ هِىَ ٱلْمَأْوَىٰ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, albatta, jannat (unga) o`rin bo`ladir.Бас, албатта, жаннат (унга) ўрин бўладир.Alauddin Mansour: U holda faqat jannatgina (uning uchun) joy boʻlur.У ҳолда фақат жаннатгина (унинг учун) жой бўлур.

584-sahifa · 30-juz · 59-hizb584-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱلْجَنَّةَjannatжаннатهِىَuуٱلْمَأْوَىٰoʻrin boʻladirўрин бўладир
TafsirТафсир

Chunki, Alloh taolo Oʻziga iymon keltirib, ibodat ila oʻtgan har bir bandaga jannatdan joy berishni vaʼda qilgan.

Mazkur oyatlar har bir inson oʻzining kim ekanini aniq oʻlchab oladigan daqiq tarozudir. Ortiqcha gapning keragi yoʻq.

Oʻtgan oyatlarda «Toommatul kubro»–«katta gʻolib» boʻlgan qiyomatning baʼzi holatlari vasf qilinib, soʻngra, kimlar jahannamga tushadi-yu, kimlar jannatdan joy olishi aytib oʻtilgandan soʻng, endi keladigan oyatlarda qiyomatga iymoni yoʻqlarning u kunga nisbatan ishonchsiz qarashlari bayon qilinadi. Ularning Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga istehzoli savol berishlari u zotga bevosita xitob qilib aytiladi.