كَأَنَّهُمْ يَوْمَ يَرَوْنَهَا لَمْ يَلْبَثُوٓا۟ إِلَّا عَشِيَّةً أَوْ ضُحَىٰهَا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(qiyomat)ni ko`rgan kunlari, xuddi, bu dunyoda bir kecha yoki kunduzdan boshqa turmaganga o`xsharlar.У(қиёмат)ни кўрган кунлари, худди, бу дунёда бир кеча ёки кундуздан бошқа турмаганга ўхшарлар.Alauddin Mansour: Ular u (Qiyomat soati)ni koʻradigan Kunda (bu dunyoda) goʻyo birgina peshindan soʻng yoki choshgoh paytida turgandek (yaʼni, bir kun ham yashamagandek) boʻlib qolurlar!Улар у (Қиёмат соати)ни кўрадиган Кунда (бу дунёда) гўё биргина пешиндан сўнг ёки чошгоҳ пайтида тургандек (яъни, бир кун ҳам яшамагандек) бўлиб қолурлар!
Yaʼni, ular gʻururga ketib, oʻzlaricha mazza qilib, foniy dunyo lazzatlariga berilib yurgan boʻlishlariga qaramay, qiyomatning dahshatidan, bu dunyoda kechirgan hayotlari bir kun ham yashamaganga oʻxshab tuyuladi. Alloh taolo unday holdan barchamizni Oʻzi asrasin.