ٱلَّذِينَ يُقِيمُونَ ٱلصَّلَوٰةَ وَمِمَّا رَزَقْنَـٰهُمْ يُنفِقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular namozni to`kis ado etadiganlar va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladiganlardir.Улар намозни тўкис адо этадиганлар ва Биз ризқ қилиб берган нарсалардан инфоқ қиладиганлардир.Alauddin Mansour: Ular namozni toʻkis ado etadilar va Biz ularni bahramand qilgan narsalardan infoq-ehson qiladilar.Улар намозни тўкис адо этадилар ва Биз уларни баҳраманд қилган нарсалардан инфоқ-эҳсон қиладилар.
Avvalgi oyatdagi sifatlar harakatga, amalga chorlovchi qalbdagi his-tuygʻular boʻlsa, bu oyati karimadagi sifatlar bevosita amalning oʻzi bilan bogʻliq ibodatlardir. Oʻsha sifatlardan biri:
«Namozni toʻkis ado etadiganlar»gina moʻminlardir.
Eʼtibor qiling, namoz oʻqiydiganlar emas, namozni toʻkis ado etadiganlar, deyilmoqda. Namoz iymonning borligini tasdiqlovchi amaldir.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadislaridan birida: «Namoz biz bilan bizdan boshqalarning orasidagi farqdir», deganlar. Yaʼni, moʻminlar bilan moʻmin boʻlmaganlar orasini ajratib turuvchi amaldir. Namoz oʻqimasa ham boʻlaverar ekan, deydiganlar u zotga qarshi gapirgan boʻladi. Xulosa shulki, namoz oʻqigan odam moʻmin, namoz oʻqimagan moʻmin emas.
«...va Biz rizq qilib bergan narsalardan infoq qiladiganlardir».
Bu ham iymonni tasdiqlovchi amallardan. Shuning uchun, moliyaviy ibodatga «sadaqa»–«tasdiqlovchi» deyiladi. Unutmaslik kerakki, qalbdagi mavjud narsani amal yuzaga chiqaradi. Shuning uchun ham, amal iymonning asosiy qismi hisoblanadi. Ogʻizda turli daʼvolarni qilish bilan emas, molu mulkining zakotini berish, infoq- ehson etish, Allohning yoʻlida sarflash bilan kishi moʻmin boʻladi. Bu amallarni qilmagan odam moʻmin emas.