QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят4

أُو۟لَـٰٓئِكَ هُمُ ٱلْمُؤْمِنُونَ حَقًّا ۚ لَّهُمْ دَرَجَـٰتٌ عِندَ رَبِّهِمْ وَمَغْفِرَةٌ وَرِزْقٌ كَرِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalar haqiqiy mo`minlardir. Ularga Robbilari huzurida darajalar, mag`firat va karamli rizq bor.Ана ўшалар ҳақиқий мўминлардир. Уларга Роббилари ҳузурида даражалар, мағфират ва карамли ризқ бор.Alauddin Mansour: Ana oʻshalar haqiqiy moʻminlar boʻlib, ular uchun Parvardigorlari huzurida (yaʼni, jannatda, yuksak) darajalar, magʻfirat va ulugʻ rizq bordir.Ана ўшалар ҳақиқий мўминлар бўлиб, улар учун Парвардигорлари ҳузурида (яъни, жаннатда, юксак) даражалар, мағфират ва улуғ ризқ бордир.

177-sahifa · 9-juz · 18-hizb177-саҳифа · 9-жуз · 18-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларهُمُularуларٱلْمُؤْمِنُونَmoʻminlardirмўминлардирحَقًّۭا ۚhaqiqiyҳақиқийلَّهُمْulargaуларгаدَرَجَـٰتٌdarajalar borдаражалар борعِندَhuzuridaҳузуридаرَبِّهِمْRobbilariРоббилариوَمَغْفِرَةٌۭva magʻfiratва мағфиратوَرِزْقٌۭva rizqва ризқكَرِيمٌۭkaramliкарамли
TafsirТафсир

Yaʼni, mazkur sifatlarga ega boʻlganlargina haqiqatda moʻmin hisoblanadi, boshqalar moʻmin boʻla olmaydilar. Kim mazkur sifatlarga ega boʻlsa, Robbi huzuridagi darajalarga, magʻfiratga va karamli rizqqa erishadi. Moʻmin boʻlsa, haqiqiy moʻmin boʻladi, boshqacha moʻmin boʻlishi mumkin emas. Yaʼni, inson iymon haqiqatini his etgandagina oʻzini moʻmin hisoblay oladi. Moʻminligining belgisi asli moʻmin boʻlgan qavmda tugʻilishi yoki ismi moʻminlarning ismiga oʻxshashi yoxud ogʻizda moʻminlikni daʼvo qilish emas, balki yuqoridagi va boshqa oyatlarda zikr qilingan sifatlarga ega boʻlishidir. Iymonning haqiqati har bir kishida boʻlmogʻi zarurligiga ulamolarimiz quyidagi hadisi sharifni misol qiladilar.

Imom Tobaroniy Horis ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilarki: «Horis roziyallohu anhu Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning huzurlaridan oʻtib ketayotgan ekanlar, u zot sollallohu alayhi vasallam:

«Ey Horis, qanday tong ottirding?»–deb soʻrabdilar. Shunda Horis roziyallohu anhu:

«Haqiqiy moʻmin boʻlib tong ottirdim»,–debdilar.

«Gapingga eʼtibor qil. Har bir narsaning haqiqati boʻladi. Sening iymoningning haqiqati nimada?»–deb soʻraganlarida, u:

«Nafsimni dunyodan olib qochdim. Kechalarimni bedor, kunduzlarimni chanqab oʻtkazdim. Xuddi Robbimning arshini aniq koʻrayotgandekman. Xuddi ahli jannatning bir-birlarini ziyorat qilayotganlariga nazar solib turgandekman. Xuddi ahli doʻzaxning u yerda bir-birlariga qilayotgan dushmanliklariga qarab turgandekman»,– dedi.

Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Ey Horis, bilibsan, mahkam tut! Ey Horis, bilibsan, mahkam tut! Ey Horis, bilibsan, mahkam tut!»–deb qayta-qayta tayinladilar».

Kelgusi oyatlarda Badr gʻazoti haqida batafsil soʻz yuritiladi. Bu oyatlarning avvalgisida bir guruh kishilar oʻljani taqsimlashni yoqtirmasalar ham, Alloh Oʻz hukmini chiqargan: