QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят43

إِذْ يُرِيكَهُمُ ٱللَّهُ فِى مَنَامِكَ قَلِيلًا ۖ وَلَوْ أَرَىٰكَهُمْ كَثِيرًا لَّفَشِلْتُمْ وَلَتَنَـٰزَعْتُمْ فِى ٱلْأَمْرِ وَلَـٰكِنَّ ٱللَّهَ سَلَّمَ ۗ إِنَّهُۥ عَلِيمٌۢ بِذَاتِ ٱلصُّدُورِ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda Alloh tushingda ularni senga oz ko`rsatdi. Agar ularni senga ko`p ko`rsatganida, tushkunlikka uchrar edingizlar va bu ishda oralaringizda nizo chiqar edi. Lekin Alloh saqladi. Albatta, U dilingizdagi narsani bilguvchi Zotdir.Ўшанда Аллоҳ тушингда уларни сенга оз кўрсатди. Агар уларни сенга кўп кўрсатганида, тушкунликка учрар эдингизлар ва бу ишда ораларингизда низо чиқар эди. Лекин Аллоҳ сақлади. Албатта, У дилингиздаги нарсани билгувчи Зотдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizga tushingizda Alloh ularni oz koʻrsatganini eslang! Agar sizga ularni koʻp koʻrsatganda edi, albatta sizlar sustlashib qolgan va bu ish (yaʼni, kofirlarga qarshi jangga chiqish) xususida tortishib qolgan boʻlur edingizlar. Lekin Alloh sizlarni bundan saqladi. Albatta, U dillarni egallab olgan sirlarni bilguvchidir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизга тушингизда Аллоҳ уларни оз кўрсатганини эсланг! Агар сизга уларни кўп кўрсатганда эди, албатта сизлар сустлашиб қолган ва бу иш (яъни, кофирларга қарши жангга чиқиш) хусусида тортишиб қолган бўлур эдингизлар. Лекин Аллоҳ сизларни бундан сақлади. Албатта, У дилларни эгаллаб олган сирларни билгувчидир.

182-sahifa · 10-juz · 19-hizb182-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْoʻshandaўшандаيُرِيكَهُمُularni senga koʻrsatdiуларни сенга кўрсатдиٱللَّهُAllohАллоҳفِى-da-даمَنَامِكَtushingdaтушингдаقَلِيلًۭا ۖoz (qilib)оз (қилиб)وَلَوْva agarва агарأَرَىٰكَهُمْularni senga koʻrsatganidaуларни сенга кўрсатганидаكَثِيرًۭاkoʻp (qilib)кўп (қилиб)لَّفَشِلْتُمْalbatta tushkunlikka uchrardingizалбатта тушкунликка учрардингизوَلَتَنَـٰزَعْتُمْva albatta nizolashardingizва албатта низолашардингизفِى-da-даٱلْأَمْرِbu ishбу ишوَلَـٰكِنَّlekinлекинٱللَّهَAllohАллоҳسَلَّمَ ۗsaqladiсақладиإِنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уعَلِيمٌۢbilguvchidirбилгувчидирبِذَاتِichidagi narsalarniичидаги нарсаларниٱلصُّدُورِdillar (koʻkraklar)диллар (кўкраклар)
TafsirТафсир

Badr urushida musulmonlar kofirlar ustidan gʻolib kelishlari uchun Alloh taolo koʻrgan tadbirlardan biri Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tushlarida dushmanni oz qilib koʻrsatgani edi.

Rasululloh bu haqda sahobai kiromlarga xabar berganlarida, hammalari xursand boʻlib, shijoatlanib jangga kirdilar. Bu ham gʻalabaning omillaridan biri boʻlgan.

«Oʻshanda Alloh tushingda ularni senga oz koʻrsatdi. Agar ularni senga koʻp koʻrsatganida, tushkunlikka uchrar edingizlar va bu ishda oralaringizda nizo chiqar edi».

Oyatning davomida, agar Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga tushlarida kofirlarni koʻp koʻrsatganida, musulmonlar tushkunlikka uchrashlari va oralarida nizo chiqishi mumkinligi ham eslab oʻtilmoqda.

«Lekin Alloh saqladi».

Ularni tushingda oz koʻrsatdi va musulmonlar qoʻrqmay, oʻzaro hamjihat boʻlib, shijoat bilan jang qildilar va Allohning yordamida gʻolib chiqdilar.

«Albatta, U dilingizdagi narsani bilguvchi zotdir».

Shuning uchun ham, kofirlarni Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga oz koʻrsatdi. Bu tush oʻngda ham takrorlandi: