QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят44

وَإِذْ يُرِيكُمُوهُمْ إِذِ ٱلْتَقَيْتُمْ فِىٓ أَعْيُنِكُمْ قَلِيلًا وَيُقَلِّلُكُمْ فِىٓ أَعْيُنِهِمْ لِيَقْضِىَ ٱللَّهُ أَمْرًا كَانَ مَفْعُولًا ۗ وَإِلَى ٱللَّهِ تُرْجَعُ ٱلْأُمُورُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda, to`qnashganingizda, ularni sizning ko`zingizga oz qilib ko`rsatganini, sizni ularning ko`ziga oz qilib ko`rsatganini eslang. Buni Alloh qilinishi kerak bo`lgan ishni hal etish uchun qildi. Va barcha ishlar Allohga qaytarilur.Ўшанда, тўқнашганингизда, уларни сизнинг кўзингизга оз қилиб кўрсатганини, сизни уларнинг кўзига оз қилиб кўрсатганини эсланг. Буни Аллоҳ қилиниши керак бўлган ишни ҳал этиш учун қилди. Ва барча ишлар Аллоҳга қайтарилур.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), Alloh qilinadigan ishni amalga oshirish uchun toʻqnashgan paytingizda sizlarning koʻzingizga ularni kam qilib koʻrsatganini, ularning koʻzlariga esa sizlarni oz qilib qoʻyganini eslangiz! Barcha ishlar Allohga qaytarilur.(Эй мўминлар), Аллоҳ қилинадиган ишни амалга ошириш учун тўқнашган пайтингизда сизларнинг кўзингизга уларни кам қилиб кўрсатганини, уларнинг кўзларига эса сизларни оз қилиб қўйганини эслангиз! Барча ишлар Аллоҳга қайтарилур.

182-sahifa · 10-juz · 19-hizb182-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَإِذْva oʻshandaва ўшандаيُرِيكُمُوهُمْularni sizga koʻrsatdiуларни сизга кўрсатдиإِذِoʻshandaўшандаٱلْتَقَيْتُمْtoʻqnashganingizdaтўқнашганингиздаفِىٓ-da-даأَعْيُنِكُمْkoʻzingizкўзингизقَلِيلًۭاoz qilibоз қилибوَيُقَلِّلُكُمْva sizni oz koʻrsatdiва сизни оз кўрсатдиفِىٓ-da-даأَعْيُنِهِمْularning koʻziуларнинг кўзиلِيَقْضِىَhal etishi uchunҳал этиши учунٱللَّهُAllohАллоҳأَمْرًۭاbir ishniбир ишниكَانَboʻlganбўлганمَفْعُولًۭا ۗqilinishi kerakқилиниши керакوَإِلَىva -gaва -гаٱللَّهِAllohАллоҳتُرْجَعُqaytarilurқайтарилурٱلْأُمُورُbarcha ishlarбарча ишлар
TafsirТафсир

Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning koʻrgan tushlari rost chiqdi. Alloh taolo musulmonlarga koʻp sonli mushriklarni oz qilib koʻrsatdi.

«Oʻshanda, toʻqnashganingizda, ularni sizning koʻzingizga oz qilib koʻrsatganini», eslang.

Oʻsha mashhur tarixiy gʻazotning ishtirokchilaridan biri Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar: «Ular koʻzimizga juda oz boʻlib koʻrindilar. Hatto men yonimdagi odamdan: «Yetmishtacha koʻryapsanmi?»–deb soʻradim. U: «Menimcha, yuztaga yaqin boʻlsa kerak»,–dedi. Keyin ulardan bittasini ushlaganimizda, soʻrasak, mingta edik, dedi». Musulmonlar, shu bois, qoʻrqmay, shijoat bilan jangga kirdilar va gʻolib boʻldilar. Va:

«...sizni ularning koʻziga oz qilib koʻrsatganini eslang».

Alloh taolo mushriklarga oz sonli musulmonlarni yana ham kamaytirib koʻrsatdi. Ular biz koʻpmiz, musulmonlar oz ekan, deb gʻururga ketishdi va gʻaflatda qolib, magʻlub boʻlishdi.

«Buni Alloh qilinishi kerak boʻlgan ishni hal etish uchun qildi».

Islomni qalbda yoki iymon keltirganlar orasidagina qaror toptirib qolmasdan, hamma tan oladigan qildi. Quraysh mushriklari kufr millatining Islomga qarshi turgan asosiy kuchi edi, ularning bor imkonini ishga solib toʻplab kelgan qurolli kuchlarini Alloh magʻlub qildi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam boshchiliklaridagi musulmonlarni gʻolib etdi. Bu kun dunyo tarixida eng katta ahamiyatga ega boʻlgan kunlardan biriga aylandi. Alloh qilinishi kerak boʻlgan ishni qildi.

«Va barcha ishlar Allohga qaytarilur».

Undan boshqaga emas. Shuning uchun, Allohdan qolmaslik kerak.

Keyingi oyatda Alloh taolo moʻminlarni urush paytida sobit turishga buyuradi: