QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят47

وَلَا تَكُونُوا۟ كَٱلَّذِينَ خَرَجُوا۟ مِن دِيَـٰرِهِم بَطَرًا وَرِئَآءَ ٱلنَّاسِ وَيَصُدُّونَ عَن سَبِيلِ ٱللَّهِ ۚ وَٱللَّهُ بِمَا يَعْمَلُونَ مُحِيطٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va diyorlaridan kibru havo bilan, odamlarga riyo uchun chiqib, Allohning yo`lidan to`sadiganlarga o`xshamang. Alloh nima qilayotganlarini ihota qilguvchidir.Ва диёрларидан кибру ҳаво билан, одамларга риё учун чиқиб, Аллоҳнинг йўлидан тўсадиганларга ўхшаманг. Аллоҳ нима қилаётганларини иҳота қилгувчидир.Alauddin Mansour: Oʻz diyorlaridan (yaʼni, Makkadan) kibru havo bilan oʻzlarini odamlarga koʻz-koʻzlab chiqqan va Allohning yoʻlidan toʻsadigan kimsalar kabi boʻlmangizlar! Alloh ularning qilayotgan ishlarini ihota qilguvchidir (oʻrab olguvchidir).Ўз диёрларидан (яъни, Маккадан) кибру ҳаво билан ўзларини одамларга кўз-кўзлаб чиққан ва Аллоҳнинг йўлидан тўсадиган кимсалар каби бўлмангизлар! Аллоҳ уларнинг қилаётган ишларини иҳота қилгувчидир (ўраб олгувчидир).

183-sahifa · 10-juz · 19-hizb183-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلَاva emasва эмасتَكُونُوا۟boʻlingбўлингكَٱلَّذِينَoʻshalarga oʻxshabўшаларга ўхшабخَرَجُوا۟chiqdilarчиқдиларمِن-dan-данدِيَـٰرِهِمdiyorlariдиёрлариبَطَرًۭاkibru havo bilanкибру ҳаво биланوَرِئَآءَva riyo uchunва риё учунٱلنَّاسِodamlargaодамларгаوَيَصُدُّونَva toʻsadilarва тўсадиларعَن-dan-данسَبِيلِyoʻliйўлиٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳبِمَاnimaniниманиيَعْمَلُونَqilayotganlariniқилаётганлариниمُحِيطٌۭihota qilguvchidirиҳота қилгувчидир
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada kofirlarga, jumladan, Makkadan Badrga qarab otlangan qurayshliklarga ishora qilinmoqda.

«Va diyorlaridan kibru havo bilan, odamlarga riyo uchun chiqib, Allohning yoʻlidan toʻsadiganlarga oʻxshamang».

Ular urushga katta dabdaba bilan borardilar. Kibru havolari dunyoni olardi. Qayerga tushsalar, tuyalar soʻyishar, oʻyinchi qizlarni oʻynatib, qoʻshiq ayttirishar, odamlarni mehmon qilishar edi. Bu dabdabalar riyo uchun, kuch-quvvatlarini boshqalarga koʻrsatish uchun edi.

Hatto, ularning Shomdan kelayotgan karvoni Badrni chetlab oʻtib, sohil boʻylab ketganidan keyin Abu Sufyon odam yuborib, biz tinch- omon oʻtib oldik, endi orqaga qaytaveringlar, deganida, Abu Jahl quyidagi gaplarni aytgan edi: «Allohga qasamki, qaytmaymiz. To Badrning suviga yetib bormagunimizcha, tuyalarni soʻymagunimizcha, aroqni ichmagunimizcha, qizlardan qoʻshiq eshitmagunimizcha, qaytmaymiz. Bu kunimiz haqida, mavqemiz haqida arablar abadiy gapirib yursinlar». Holbuki, ularning bunchalar kibru havo va riyokorlik bilan qilayotgan ishlari Allohning yoʻlidan toʻsish edi. Shu bilan birga:

«Alloh nima qilayotganlarini ihota qilguvchidir».

Biron-bir gap-soʻzlar, amallar yoki qalblaridagi niyatlari u Zotning qamrovidan tashqariga chiqib keta olmaydi.

Kelasi oyatda shayton qanday qilib mushriklarni vasvasa qilgani va igʻvoga solganining bayoni keladi.