QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят49

إِذْ يَقُولُ ٱلْمُنَـٰفِقُونَ وَٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ غَرَّ هَـٰٓؤُلَآءِ دِينُهُمْ ۗ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى ٱللَّهِ فَإِنَّ ٱللَّهَ عَزِيزٌ حَكِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`shanda munofiqlar va dillarida maraz bo`lganlar: «Anavilarni dini mag`rur qilib yubordi», – dedilar. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, albatta, Alloh g`olib va hikmatli Zotdir.Ўшанда мунофиқлар ва дилларида мараз бўлганлар: «Анавиларни дини мағрур қилиб юборди», – дедилар. Ким Аллоҳга таваккул қилса, бас, албатта, Аллоҳ ғолиб ва ҳикматли Зотдир.Alauddin Mansour: Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlgan kimsalar: «Ularni (yaʼni, musulmonlarni) dinlari magʻrur qilib yubordi (yaʼni, ozgina odam bilan shunday katta qoʻshinga qarshi jang qilmoqchi boʻlyaptilar»), deyishar edi. (Munofiqlarning bu soʻzlari notoʻgʻridir) kim Allohga suyansa, bas, albatta Alloh gʻolib va hikmatlidir.Ўшанда мунофиқлар ва дилларида мараз бўлган кимсалар: «Уларни (яъни, мусулмонларни) динлари мағрур қилиб юборди (яъни, озгина одам билан шундай катта қўшинга қарши жанг қилмоқчи бўляптилар»), дейишар эди. (Мунофиқларнинг бу сўзлари нотўғридир) ким Аллоҳга суянса, бас, албатта Аллоҳ ғолиб ва ҳикматлидир.

183-sahifa · 10-juz · 19-hizb183-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
إِذْoʻshandaўшандаيَقُولُdedilarдедиларٱلْمُنَـٰفِقُونَmunofiqlarмунофиқларوَٱلَّذِينَva ular(ki)ва улар(ки)فِى-da-даقُلُوبِهِمdillariдиллариمَّرَضٌmaraz borмараз борغَرَّmagʻrur qilib yubordiмағрур қилиб юбордиهَـٰٓؤُلَآءِanavilarniанавиларниدِينُهُمْ ۗularning diniуларнинг диниوَمَنva kimва кимيَتَوَكَّلْtavakkul qilsaтаваккул қилсаعَلَى-ga-гаٱللَّهِAllohАллоҳفَإِنَّbas, albattaбас, албаттаٱللَّهَAllohАллоҳعَزِيزٌgʻolibғолибحَكِيمٌۭhikmatli zotdirҳикматли зотдир
TafsirТафсир

«Munofiqlar»-sirtidan musulmon-u, ichidan kofir odamlar.

«Dillarida maraz boʻlganlar» — iymoni zaif, goh unday, goh bunday boʻlib qalqib turadigan odamlar. Badr kuni oz sonli musulmonlarning oʻzlaridan bir necha barobar koʻp mushriklarga qarshi urushga kirib ketayotganlarini koʻrib:

«Oʻshanda munofiqlar va dillarida maraz boʻlganlar: «Anavilarni dini magʻrur qilib yubordi»,– dedilar.

Munofiqlar va iymoni zaiflar gʻalabaning haqiqiy manbaini qayoqdan ham bilsinlar. Iymon kuchiga ishongan, Allohga tavakkul qilgan, Uning yordamiga suyangan musulmonlarning hech tap tortmay koʻp sonli dushmanga qarshi shahdam odimlar bilan borishi ularga gʻururga ketish boʻlib koʻrindi. Munofiqlar va iymoni zaiflar doimo shunaqa igʻvo qilib kelganlar, doimo chetdan tomoshabin boʻlib turganlar.

Haqiqiy iymon egalari boʻlmish muxlis musulmonlar esa, doimo Allohga tavakkul qilib, gʻolib kelganlar.

«Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, albatta, Alloh gʻolib va hikmatli Zotdir».

Yuqoridagi oyatlarda kofirlarning bu dunyodagi hollari bayon qilindi, endi, oxiratdagi holatlarining xabari beriladi: