وَلَوْ تَرَىٰٓ إِذْ يَتَوَفَّى ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ ۙ ٱلْمَلَـٰٓئِكَةُ يَضْرِبُونَ وُجُوهَهُمْ وَأَدْبَـٰرَهُمْ وَذُوقُوا۟ عَذَابَ ٱلْحَرِيقِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar farishtalar kufr keltirganlarning jonini olaturib, yuzlariga va ketlariga urib: «Yong`in azobini toting!Агар фаришталар куфр келтирганларнинг жонини олатуриб, юзларига ва кетларига уриб: «Ёнғин азобини тотинг!Alauddin Mansour: Agar farishtalar kofir kimsalarning yuz va ketlariga urib, jonlarini olayotgan va: «Yondiruvchi — doʻzax azobini totingiz!Агар фаришталар кофир кимсаларнинг юз ва кетларига уриб, жонларини олаётган ва: «Ёндирувчи — дўзах азобини тотингиз!
Ushbu ikki oyati karimadan koʻrinib turibdiki, kofirlarga azob-uqubat ularning jonini olish paytidanoq boshlanar ekan. Oʻlim soati yetib, farishtalar jonlarini olayotganlaridayoq ularni azoblash, xorlash boshlanar ekan. Kofirlarning jonini shundoqqina emas, balki ularning yuzlari va ketlariga urib turib olar ekanlar. Indamasdan olib qoʻyavermay, taʼna qilib, bu dunyoda qilgan gunohlarini yuzlariga solib va oxiratda chekadigan azoblarini eslatib turib olar ekanlar. Jumladan:
«Yongʻin azobini toting! Bu, qoʻlingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir»,–der ekanlar.
Doʻzaxda yonish azobini toting. Bu qiynashlar va azoblar sizga bekordan bekorga boʻlayotgani yoʻq. Balki, oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan gunohlar tufayli boʻlmoqda. Bu, Allohning tasarrufi. U, juda adolatli tasarruf. Chunki:
«Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir».
Alloh bandalarning bu dunyodagi amallarini zarra miqdoricha ham qoʻymay hisob-kitob qilib, mutlaq adolat ila hukmini chiqaradi. Kofirlarga qilinayotgan bu munosabat yangi emas, ulardan oldingi kofirlarga ham xuddi shunday munosabatda boʻlingan. Chunki, ularning qilmishlari ham: