ذَٰلِكَ بِمَا قَدَّمَتْ أَيْدِيكُمْ وَأَنَّ ٱللَّهَ لَيْسَ بِظَلَّـٰمٍ لِّلْعَبِيدِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, qo`lingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir. Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir», – deyishlarini ko`rsang edi.Бу, қўлингиз тақдим қилган нарса туфайлидир. Албатта, Аллоҳ бандаларига ҳеч зулм қилгувчи эмасдир», – дейишларини кўрсанг эди.Alauddin Mansour: Bunga sabab oʻzlaringiz qilgan amallaringizdir, zero Alloh hargiz bandalariga zulm qilguvchi emasdir», deyayotgan paytini koʻrsangiz edi.Бунга сабаб ўзларингиз қилган амалларингиздир, зеро Аллоҳ ҳаргиз бандаларига зулм қилгувчи эмасдир», деяётган пайтини кўрсангиз эди.
Ushbu ikki oyati karimadan koʻrinib turibdiki, kofirlarga azob-uqubat ularning jonini olish paytidanoq boshlanar ekan. Oʻlim soati yetib, farishtalar jonlarini olayotganlaridayoq ularni azoblash, xorlash boshlanar ekan. Kofirlarning jonini shundoqqina emas, balki ularning yuzlari va ketlariga urib turib olar ekanlar. Indamasdan olib qoʻyavermay, taʼna qilib, bu dunyoda qilgan gunohlarini yuzlariga solib va oxiratda chekadigan azoblarini eslatib turib olar ekanlar. Jumladan:
«Yongʻin azobini toting! Bu, qoʻlingiz taqdim qilgan narsa tufaylidir»,–der ekanlar.
Doʻzaxda yonish azobini toting. Bu qiynashlar va azoblar sizga bekordan bekorga boʻlayotgani yoʻq. Balki, oʻz qoʻllaringiz bilan qilgan gunohlar tufayli boʻlmoqda. Bu, Allohning tasarrufi. U, juda adolatli tasarruf. Chunki:
«Albatta, Alloh bandalariga hech zulm qilguvchi emasdir».
Alloh bandalarning bu dunyodagi amallarini zarra miqdoricha ham qoʻymay hisob-kitob qilib, mutlaq adolat ila hukmini chiqaradi. Kofirlarga qilinayotgan bu munosabat yangi emas, ulardan oldingi kofirlarga ham xuddi shunday munosabatda boʻlingan. Chunki, ularning qilmishlari ham: