كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ ۙ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَفَرُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ فَأَخَذَهُمُ ٱللَّهُ بِذُنُوبِهِمْ ۗ إِنَّ ٱللَّهَ قَوِىٌّ شَدِيدُ ٱلْعِقَابِ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishlariga o`xshaydi. Allohning oyatiga kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni gunohlari tufayli tutdi. Albatta, Alloh kuchli va iqobi shiddatli Zotdir.Худди Оли Фиръавн ва улардан олдингиларнинг қилмишларига ўхшайди. Аллоҳнинг оятига куфр келтирдилар. Бас, Аллоҳ уларни гуноҳлари туфайли тутди. Албатта, Аллоҳ кучли ва иқоби шиддатли Зотдир.Alauddin Mansour: (Ularning qilmishlari) xuddi Firʼavn odamlarining va ulardan oldingi kimsalarning qilmishlariga oʻxshaydi: ular Alloh oyatlariga kofir boʻlishgach, Alloh ularni gunohlari sababli (azob bilan) ushlagan edi. Albatta, Alloh quvvat egasi va azobi qattiqdir.(Уларнинг қилмишлари) худди Фиръавн одамларининг ва улардан олдинги кимсаларнинг қилмишларига ўхшайди: улар Аллоҳ оятларига кофир бўлишгач, Аллоҳ уларни гуноҳлари сабабли (азоб билан) ушлаган эди. Албатта, Аллоҳ қувват эгаси ва азоби қаттиқдир.
Alloh taolo bu dunyoning ishlarini oʻz holiga tashlab qoʻymaydi. Hamma narsa Allohning qazoi qadari ila boʻladi. Badr urushida ham mushriklar bekordan-bekorga magʻlub boʻlganlari yoʻq.
«Xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishlariga oʻxshaydi. Allohning oyatiga kufr keltirdilar. Bas, Alloh ularni gunohlari tufayli tutdi».
Yaʼni, ular xuddi Oli Firʼavnga va ulardan oldin oʻtgan kofirlarga oʻxshab, Allohning oyatlariga kufr keltirdilar. Shuning uchun ham, Alloh taolo gunohlari tufayli ularni azob-uqubatga tutdi, magʻlub etdi, sharmandai sharmisor qildi.
«Albatta, Alloh kuchli va iqobi shiddatli zotdir».
Keyingi oyat ularga yetgan musiybatning sababini bayon qiladi: