QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят53

ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ لَمْ يَكُ مُغَيِّرًا نِّعْمَةً أَنْعَمَهَا عَلَىٰ قَوْمٍ حَتَّىٰ يُغَيِّرُوا۟ مَا بِأَنفُسِهِمْ ۙ وَأَنَّ ٱللَّهَ سَمِيعٌ عَلِيمٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bunday bo`lishi Alloh bir qavmga bergan ne'matini, toki, ular o`zlarini o`zgartirmagunlaricha, o`zgartiruvchi bo`lmasligi va Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot bo`lganidandir.Бундай бўлиши Аллоҳ бир қавмга берган неъматини, токи, улар ўзларини ўзгартирмагунларича, ўзгартирувчи бўлмаслиги ва Аллоҳ эшитгувчи ва билгувчи зот бўлганидандир.Alauddin Mansour: Bunga (yaʼni, ularning azobga giriftor boʻlishlariga) sabab — Alloh bir qavmga inʼom qilgan neʼmatini to ular oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha oʻzgartiruvchi emasligi va Alloh eshitguvchi, bilguvchi ekanligidir.Бунга (яъни, уларнинг азобга гирифтор бўлишларига) сабаб — Аллоҳ бир қавмга инъом қилган неъматини то улар ўзларини ўзгартирмагунларича ўзгартирувчи эмаслиги ва Аллоҳ эшитгувчи, билгувчи эканлигидир.

184-sahifa · 10-juz · 19-hizb184-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbunday boʻlishiбундай бўлишиبِأَنَّshuning uchunkiшунинг учункиٱللَّهَAllohАллоҳلَمْemasэмасيَكُboʻlguvchiбўлгувчиمُغَيِّرًۭاoʻzgartiruvchiўзгартирувчиنِّعْمَةًneʼmatniнеъматниأَنْعَمَهَاOʻzi ato etganЎзи ато этганعَلَىٰ-ga-гаقَوْمٍbir qavmбир қавмحَتَّىٰtokiтокиيُغَيِّرُوا۟ular oʻzgartirmagunlarichaулар ўзгартирмагунларичаمَاnarsaniнарсаниبِأَنفُسِهِمْ ۙoʻzlaridagiўзларидагиوَأَنَّva albattaва албаттаٱللَّهَAllohАллоҳسَمِيعٌeshitguvchiэшитгувчиعَلِيمٌۭbilguvchidirбилгувчидир
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo mazkur nobakor qavmni qilgan gunohlari tufayli azob-uqubat ila tutishi, ikki sababdandir:

Birinchisi:

«Alloh bir qavmga bergan neʼmatini, toki, ular oʻzlarini oʻzgartirmagunlaricha, oʻzgartiruvchi boʻlmasligi».

Ikkinchisi:

«Alloh eshitguvchi va bilguvchi zot boʻlganidandir».

Alloh taolo ularga turli neʼmatlarni ato qildi. Hayot berdi, aql- idrok berdi, sogʻlik va boshqa neʼmatlarni berdi. Ularga yana rizqu roʻz berdi, obroʻ eʼtibor berdi. Odatda, bu narsalar bandalarni sinash uchun beriladi. Qani, ular shukr qiladilarmi yoki kufr keltiradilarmi?

Ammo, ular shukr qilmadilar, balki kufr keltirdilar. Alloh bergan neʼmatlardan foydalanib turib, Allohga qarshi chiqdilar. Allohning oyatlariga kofir boʻldilar. Yaʼni, ularning oʻzlari Alloh bergan neʼmatni oʻzgartirdilar. Shunda, Alloh ham neʼmatlarini oʻzgartirdi–ularni azob-uqubat ila tutdi. Chunki, Alloh ularning har bir gapini eshitib, har bir ishini bilib turgan edi.

Ular,