QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят54

كَدَأْبِ ءَالِ فِرْعَوْنَ ۙ وَٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ كَذَّبُوا۟ بِـَٔايَـٰتِ رَبِّهِمْ فَأَهْلَكْنَـٰهُم بِذُنُوبِهِمْ وَأَغْرَقْنَآ ءَالَ فِرْعَوْنَ ۚ وَكُلٌّ كَانُوا۟ ظَـٰلِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Xuddi Oli Fir'avn va ulardan oldingilarning qilmishiga o`xshab, Robbilarining oyatlarini yolg`onga chiqardilar. Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Fir'avnni g`arq qildik. Hammalari zolim edilar.Худди Оли Фиръавн ва улардан олдингиларнинг қилмишига ўхшаб, Роббиларининг оятларини ёлғонга чиқардилар. Бас, Биз уларни гуноҳлари туфайли ҳалок қилдик ва Оли Фиръавнни ғарқ қилдик. Ҳаммалари золим эдилар.Alauddin Mansour: (Ularning qilmishlari) xuddi Firʼavn odamlari va ulardan oldingi kimsalarning qilmishlariga oʻxshaydi. Ular (Firʼavn odamlari) Parvardigorlarining oyatlarini yolgʻon deyishgach, Biz ularning gunohlari sababli halok qildik va (dengizga) gʻarq etdik. (Chunki) hammalari zolim kimsalar edilar.(Уларнинг қилмишлари) худди Фиръавн одамлари ва улардан олдинги кимсаларнинг қилмишларига ўхшайди. Улар (Фиръавн одамлари) Парвардигорларининг оятларини ёлғон дейишгач, Биз уларнинг гуноҳлари сабабли ҳалок қилдик ва (денгизга) ғарқ этдик. (Чунки) ҳаммалари золим кимсалар эдилар.

184-sahifa · 10-juz · 19-hizb184-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَدَأْبِodatiga oʻxshabодатига ўхшабءَالِOliОлиفِرْعَوْنَ ۙFirʼavnФиръавнوَٱلَّذِينَva ular(ki)ва улар(ки)مِن-dan-данقَبْلِهِمْ ۚulardan oldingilarулардан олдингиларكَذَّبُوا۟yolgʻonga chiqardilarёлғонга чиқардиларبِـَٔايَـٰتِoyatlariniоятлариниرَبِّهِمْRobbilariningРоббиларинингفَأَهْلَكْنَـٰهُمbas, ularni halok qildikбас, уларни ҳалок қилдикبِذُنُوبِهِمْgunohlari tufayliгуноҳлари туфайлиوَأَغْرَقْنَآva gʻarq qildikва ғарқ қилдикءَالَOliОлиفِرْعَوْنَ ۚFirʼavnniФиръавнниوَكُلٌّۭva hammalariва ҳаммалариكَانُوا۟edilarэдиларظَـٰلِمِينَzolimlarзолимлар
TafsirТафсир

Keyingi kofirlar yangi ixtiro yaratganlari yoʻq. Ular ham oʻzlaridan oldin oʻtgan kofirlarning qilmishlarini takror qilmoqdalar, xolos. Ular:

«Xuddi Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning qilmishiga oʻxshab, Robbilarining oyatlarini yolgʻonga chiqardilar».

Bu kofirlardan oldin Oli Firʼavn va ulardan avvalgilar ham Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqargan edilar. Endi, bular ham oʻshalarga oʻxshab, Robbilarining oyatlarini yolgʻonga chiqarishmoqda. Hechqisi yoʻq, Oli Firʼavn va ulardan oldingilarning oqibati nima boʻlgan boʻlsa, bularning oqibati ham shunday boʻladi.

«Bas, Biz ularni gunohlari tufayli halok qildik va Oli Firʼavnni gʻarq qildik».

Keyingi kelgan kofirlarni ham gunohlari tufayli halok qilamiz. Chunki, ularning:

«Hammalari zolim edilar».

Kufrdan ham, Allohning oyatlarini yolgʻonga chiqarishdan ham kattaroq zulm bormi?! Kofirlar kim boʻlibdi oʻzi?

Bu savolga keyingi oyatda javob keladi: