ٱلَّذِينَ عَـٰهَدتَّ مِنْهُمْ ثُمَّ يَنقُضُونَ عَهْدَهُمْ فِى كُلِّ مَرَّةٍ وَهُمْ لَا يَتَّقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ulardan sen ahdlashganlar so`ngra har safar ahdlarini buzarlar va ular U zotdan qo`rqmaslar.Улардан сен аҳдлашганлар сўнгра ҳар сафар аҳдларини бузарлар ва улар У зотдан қўрқмаслар.Alauddin Mansour: Ularning orasida siz bilan ahdlashib, soʻngra (Allohdan) qoʻrqmasdan har safar oʻz ahd-paymonlarini buzaveradigan kimsalar bordir.Уларнинг орасида сиз билан аҳдлашиб, сўнгра (Аллоҳдан) қўрқмасдан ҳар сафар ўз аҳд-паймонларини бузаверадиган кимсалар бордир.
Bu qilmishlari bilan ular yana bir insoniylik xususiyatlarini yoʻqotadilar. Yaʼni, ahdda turish insonni hayvondan ajratadigan xususiyatlaridan biri sanaladi. Kofirlar ahdni buzish bilan shu sifatni ham yoʻqotdilar. Bu qilmishlariga bosh sabab ularning Allohdan qoʻrqmasliklaridir. Chunki, qalblarida iymon yoʻq. Ular kofirlardir.
Keyingi oyatda oʻsha ahdini buzganlarning hukmi bayon qilinadi: