QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Anfal surasi · Oyatсураси · Оят57

فَإِمَّا تَثْقَفَنَّهُمْ فِى ٱلْحَرْبِ فَشَرِّدْ بِهِم مَّنْ خَلْفَهُمْ لَعَلَّهُمْ يَذَّكَّرُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar urushda ulardan zafar qozonsang, bas, ularni halok qilish bilan ortlaridagilarni sarson qilib qo`y, shoyadki, eslasalar.Агар урушда улардан зафар қозонсанг, бас, уларни ҳалок қилиш билан ортларидагиларни сарсон қилиб қўй, шоядки, эсласалар.Alauddin Mansour: Bas, agar ularni jangda topsangiz, ularni halok qilish bilan ortlaridagi kimsalarni qoʻrqitib qoʻying! Shoyad eslatma olsalar.Бас, агар уларни жангда топсангиз, уларни ҳалок қилиш билан ортларидаги кимсаларни қўрқитиб қўйинг! Шояд эслатма олсалар.

184-sahifa · 10-juz · 19-hizb184-саҳифа · 10-жуз · 19-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِمَّاbas, agarбас, агарتَثْقَفَنَّهُمْulardan zafar qozonsangулардан зафар қозонсангفِى-da-даٱلْحَرْبِurushурушفَشَرِّدْbas, sarson qilib qoʻyбас, сарсон қилиб қўйبِهِمular bilanулар биланمَّنْkimlarniкимларниخَلْفَهُمْortlaridagiортларидагиلَعَلَّهُمْshoyadki ularшоядки уларيَذَّكَّرُونَeslasalarэсласалар
TafsirТафсир

Yaʼni, ana oʻsha har safar ahdini buzayotganlar bilan boʻlgan urushda zafar qozonib qolsang, ularga shunday choralar koʻrginki, ularning orqasida turgan kofirlar shu kunga tushishdan qoʻrqib, sargardon boʻlib, nima qilarini bilmay qolsinlar.

Shoyadki, orqalarida qolganlari bulardan ibrat olib, eslab, oʻzlarini oʻnglab olsalar. Ahdini buzganlarga shafqat yoʻq.