وَإِمَّا تَخَافَنَّ مِن قَوْمٍ خِيَانَةً فَٱنۢبِذْ إِلَيْهِمْ عَلَىٰ سَوَآءٍ ۚ إِنَّ ٱللَّهَ لَا يُحِبُّ ٱلْخَآئِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Agar bir qavmning xiyonatidan qo`rqadigan bo`lsang, ularga tengma-teng (ahd buzilganini) o`rtaga tashla. Albatta, Alloh xoinlarni sevmas.Агар бир қавмнинг хиёнатидан қўрқадиган бўлсанг, уларга тенгма-тенг (аҳд бузилганини) ўртага ташла. Албатта, Аллоҳ хоинларни севмас.Alauddin Mansour: Agar (oʻrtalaringizda ahd-paymon boʻlgan) biron qavm tarafidan xiyonatni sezsangiz, ularga (qilgan ahd-paymonlarini) bab-barobar qilib tashlang (yaʼni, oʻrtalaringizdagi ahd-paymon tugaganini har ikki taraf ham bilsin). Albatta, Alloh xiyonatkor kimsalarni sevmas.Агар (ўрталарингизда аҳд-паймон бўлган) бирон қавм тарафидан хиёнатни сезсангиз, уларга (қилган аҳд-паймонларини) баб-баробар қилиб ташланг (яъни, ўрталарингиздаги аҳд-паймон тугаганини ҳар икки тараф ҳам билсин). Албатта, Аллоҳ хиёнаткор кимсаларни севмас.
Yaʼni, biror kofir qavm bilan ahdlashgan boʻlsang, ammo sodir boʻlayotgan gap-soʻz va tasarruflardan, baʼzi bir maʼlumotlardan ahdga xiyonat qilayotganlarini bilib qolsang, ularga ahd ikki tomondan barobar buzilganini bildir. Ahdga ishonib, xotirjam turgan tomonga yomonlik qilish xoinlik boʻladi. Alloh taolo xoinlarni sevmas.
Islomda ahdga vafo qilishlik burchdir. Ahd unga vafo qilish uchun tuziladi. Shu bilan birga, ahd tuzganmiz, deb beparvo ham qolinmaydi. Ikkinchi tomon shubha uygʻotsa, ehtiyotlik bilan kuzatib turiladi. Agar u tomondan ahdni buzish, xiyonat qilish alomatlari sezilsa, ularga javoban xiyonat, koʻzboʻyamachilik qilinmaydi, aldanmaydi ham. Oʻrtadagi ahd ikki tomondan teng buzilgani ochiq- oydin eʼlon qilinadi. Bu esa, insoniy muomalalarda sharafdir.
Islomda xiyonatga hech yoʻl yoʻq. Musulmonlar doimo ahdga vafodorlik, xiyonat qilmaslik bilan mashhur boʻlganlar. Hatto xiyonatga oʻxshab ketadigan ishga qoʻl urmoqchi boʻlgan davlat boshliqlariga ham tanbehlar berganlar.
Imom Ahmad ibn Hanbal Sulaymon ibn Omirdan quyidagilarni rivoyat qiladilar: «Muoviya Rum yerlaridan yurib borardi. U bilan rumliklar orasida maʼlum muddatga ahdnoma bor edi. Muoviya ularga yaqinlashib turib, ahdnoma muddati tugashi bilan hujum qilish niyatida edi. Birdan ulov mingan oqsoqol paydo boʻldi-da: «Allohu akbar! Allohu akbar! Vafo boʻlsin! Aldov boʻlmasin! Albatta, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kimning biror qavm bilan ahdi boʻlsa, uning muddati tugamaguncha, biror tugun tugmasin ham, yechmasin ham yoki ular bilan ahdni ikki tomondan barobar buzsin», degan edilar»,–dedi. Bu gap Muoviyaga yetib bordi va u qaytdi. Haligi oqsoqol Amr ibn Anbasa roziyallohu anhu ekanlar».
Bugun taraqqiyot va madaniyatni daʼvo qilayotganlarning har lahzada kiprik qoqmay ahdni buzayotganlarini koʻrib, Islom qanchalik ulugʻvor ekaniga yana bir bor tan berasan kishi.