وَلَا يَحْسَبَنَّ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ سَبَقُوٓا۟ ۚ إِنَّهُمْ لَا يُعْجِزُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar o`zdik deb o`ylamasinlar. Ular hech qochib qutula olmaslar.Куфр келтирганлар ўздик деб ўйламасинлар. Улар ҳеч қочиб қутула олмаслар.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar ustun keldik, deb hisoblamasinlar, ular (Bizni) ojiz qila olmaydilar. (Albatta, ular Allohdan qilmishlariga yarasha jazo olurlar).Кофир бўлган кимсалар устун келдик, деб ҳисобламасинлар, улар (Бизни) ожиз қила олмайдилар. (Албатта, улар Аллоҳдан қилмишларига яраша жазо олурлар).
Yaʼni, kofirlar ahdni buzish, aldash, xiyonat va boshqa turli uslublar bilan oʻzib ketamiz, maqsadga yetamiz, deb oʻylamasinlar. Ular qochib qutula olmaydilar. Qochib qayergacha borar ekanlar?! Alloh ularni jazolashdan ojiz qolarmidi?! Alloh musulmon bandalarini oʻz holiga tashlab qoʻymaydi. Ularga doimo nusratini beradi.
Modomiki, kofirlar bor ekan, ulardan xiyonat sodir boʻlishi kutilar ekan, doimo tayyor turish kerak. Shu bois: