وَأَعِدُّوا۟ لَهُم مَّا ٱسْتَطَعْتُم مِّن قُوَّةٍ وَمِن رِّبَاطِ ٱلْخَيْلِ تُرْهِبُونَ بِهِۦ عَدُوَّ ٱللَّهِ وَعَدُوَّكُمْ وَءَاخَرِينَ مِن دُونِهِمْ لَا تَعْلَمُونَهُمُ ٱللَّهُ يَعْلَمُهُمْ ۚ وَمَا تُنفِقُوا۟ مِن شَىْءٍ فِى سَبِيلِ ٱللَّهِ يُوَفَّ إِلَيْكُمْ وَأَنتُمْ لَا تُظْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular uchun qo`lingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyorlab qo`yingizki, bu bilan Allohning dushmanini, o`z dushmaningizni va ulardan boshqa o`zingiz bilmaydiganlarni qo`rqitasiz. Ularni Alloh biladir. Alloh yo`lida nimani sarf qilsangiz, sizga to`liq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas.Улар учун қўлингиздан келганича куч-қувват ва эгарланган отларни тайёрлаб қўйингизки, бу билан Аллоҳнинг душманини, ўз душманингизни ва улардан бошқа ўзингиз билмайдиганларни қўрқитасиз. Уларни Аллоҳ биладир. Аллоҳ йўлида нимани сарф қилсангиз, сизга тўлиқ қайтарилур. Сизга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), ular uchun imkoningiz boricha kuch va egarlangan otlarni tayyorlab qoʻyingizki, bu bilan Allohning va oʻzlaringizning dushmanlaringizni hamda ulardan tashqari sizlar bilmaydigan — Alloh biladigan boshqa birovlarni ham qoʻrquvga solursizlar. Alloh yoʻlida nimani sarf qilsangiz, sizlarga zulm qilinmagan holda komil qilib qaytarilur.(Эй мўминлар), улар учун имконингиз борича куч ва эгарланган отларни тайёрлаб қўйингизки, бу билан Аллоҳнинг ва ўзларингизнинг душманларингизни ҳамда улардан ташқари сизлар билмайдиган — Аллоҳ биладиган бошқа бировларни ҳам қўрқувга солурсизлар. Аллоҳ йўлида нимани сарф қилсангиз, сизларга зулм қилинмаган ҳолда комил қилиб қайтарилур.
Ushbu oyat musulmon jamiyatining qurolli kuchlari doimo shay turishi lozimligiga dalildir. Har bir musulmon jamiyat qoʻlidan kelganicha harbiy tayyorgarlikni koʻrib qoʻyish bilan Allohning amrini bajargan boʻladi.
«Ular uchun qoʻlingizdan kelganicha kuch-quvvat va egarlangan otlarni tayyorlab qoʻyingizki...»
Yaʼni, dushmanlarga qarshi qoʻlingizdan kelganicha kuch-quvvat tayyorlab qoʻying.
Albatta, har bir zamonning oʻziga yarasha harbiy quvvati boʻladi. Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam vaqtlarida, ushbu oyati karima nozil boʻlgan vaqtda harbiy kuch qilich, nayza va kamon otishdan iborat boʻlgan. Shuning uchun ham, bu mashqlarni kishilarga oʻrgatishga, qurol-aslahalarni tayyorlab qoʻyishga katta eʼtibor berilgan.
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hadisi shariflarida, ayniqsa, otish haqida taʼkidlar koʻp keladi.
Oʻsha vaqtda urushlarda asosan ulov vazifasini ot bajargan, shuning uchun ham, oyatda ot haqida gap ketmoqda. Shuningdek, hadisi shariflarda ham ot zikr etiladi.
Musulmonlar dinlarini mahkam tutgan keyingi paytlarda ham oʻzlari yashab turgan zamonning ilgʻor harbiy vositalarini oʻzlashtirish bilan doimo boshqalardan ustun boʻlib keldilar. Ammo, tushkunlikka tushganlarida, dindan uzoqlashganlarida, boshqa islomiy neʼmatlar qatori, ushbu oyati karimaga ham amal qilmay qoʻygan paytlarida kuch-quvvatni yoʻqotdilar.
Hozirgi kunda musulmonlar, islomiy deb atalayotgan davlatlar koʻpaygani bilan ularning birortasida ham tuzukroq harbiy kuch- quvvat yoʻq. Qurol-aslahalari qoloq, boshqalar oʻzlari ishlatmay qoʻygan qurollarni bularga sotgan. Qurol olib kelingandan soʻng, uni ishlatadigan tuzukroq odam topilmaydi. Shuning uchun, qurol sotgan kofir davlatdan maslahatchi, texnik xodim va boshqa nomlar bilan odamlar ham olib kelinadi. Harbiy ulovlar masalasi bundan-da badtar.
Oyatda harbiy kuch-quvvat va ulovni tayyorlab qoʻyishning hikmati ham bayon qilinadi:
«Bu bilan Allohning dushmanini, oʻz dushmaningizni va ulardan boshqa oʻzingiz bilmaydiganlarni qoʻrqitasiz. Ularni Alloh biladir».
Demak, harbiy kuch-quvvat tayyorlashdan asosiy maqsad dushmanni qoʻrqitish. Kimning harbiy kuch-quvvati joyida boʻlsa, undan boshqalar qoʻrqadi. Unga tajovuz qila olmaydi. U bilan hisoblashadi. Musulmonlar harbiy kuch-quvvatga ega boʻlgan paytlarida hamma ular bilan hisoblashgan edi. Ammo, dindan uzoqlashish oqibatida harbiy jihatdan zaiflashib qoldilar va, natijada, dushmanlar barcha musulmon oʻlkalarni mustamlaka qilib oldilar. Hozir ham ulardan zarracha qoʻrqmaydilar. Aksincha, oʻzlarini musulmon deb atayotgan davlatlar boshqalar oldida zirillab turadilar. Bu hol Allohning dinidan uzoqlashishning jazosidir. Agar avvalgi kuchquvvatlarini tiklab, hamma bilan tengma-teng muomala qilish niyati boʻlsa, musulmonlar Islomga qaytishlari, uning taʼlimotlariga, jumladan, ushbu oyati karimaga ham toʻliq amal qilishlari lozim. Bu oyati karima harbiy kuch-quvvatni taʼminlash yoʻlida sarflangan mablagʻni «Allohning yoʻlida sarf qilish» deb atamoqda va bu sarf hech qachon bekor ketmasligini taʼkidlamoqda:
«Alloh yoʻlida nima sarflasangiz, sizga toʻliq qaytarilur. Sizga zulm qilinmas».
Islom musulmonlarni dushmanga qarshi kuchni tayyorlab qoʻyib, qalblariga qoʻrqinch solib, oʻzlari bilan hisoblashadigan holda tutish bilan birga, agar ular tinchlikka moyil boʻlsalar, buni ham qabul qilishga amr qiladi: