QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят12

فَمَن شَآءَ ذَكَرَهُۥ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kim xohlasa, uni eslaydir.Ким хоҳласа, уни эслайдир.Alauddin Mansour: Bas, kim xohlasa undan pand-nasihat olur.Бас, ким хоҳласа ундан панд-насиҳат олур.

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَمَنbas, kimбас, кимشَآءَxohlasaхоҳласаذَكَرَهُۥuni eslaydirуни эслайдир
TafsirТафсир

Ha, Qurʼonni xohlagan odam eslaydi. Kim oʻzi xohlab urinsa, oʻsha undan foyda oladi. Oʻzi xohlamagan esa, uni eslamaydi. Shuning uchun, Quraysh aʼyonlariga alohida munosabatda boʻlib, ular oʻzlari xohlamasalar ham, hadeb Qurʼon oyatlarini ularga taqdim qilaverish kerak emas. Uning oʻrniga beva-bechora, kambagʻal-miskin boʻlsa ham, Qurʼon taʼlimotlarini oʻrganish ishtiyoqida kuyib-yonayotgan Abdulloh ibn Ummu Maktumga oʻxshaganlarga oʻrgatish kerak.

Ushbu oyati karimalar nozil boʻlganidan soʻng Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam hech kimga yuzlarini burishtirmaganlar. Kim kelsa, ochiq chehra bilan kutib olib, Islom taʼlimotlarini oʻrgatganlar. Qachon Abdulloh ibn Ummu Maktum roziyallohu anhu kelsalar, ul zot u kishini, marhabo, Robbim meni uning haqida itob qilgan shaxs, marhabo, deb kutib olar, ridolarini yerga toʻshab, u kishini ustiga oʻtqazar edilar. Bu ishlar, avvalo, Qurʼoni Karim haqiqiy ilohiy kitob ekanligiga yorqin bir dalildir. Chunki, faqat Allohgina oxirgi zamon Paygʻambarini bu shaklda itob qilishi mumkin. Qolaversa, Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tasarruflari Qurʼonni hayotga tatbiq qilishning yaqqol namunasidir. Har bir musulmon ham har bir oyatni xuddi shu shaklda tatbiq qilishga harakat qilmogʻi lozim.