QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят11

كَلَّآ إِنَّهَا تَذْكِرَةٌ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yo`q! Albatta ular (Qur'on oyatlari) eslatmadir.Йўқ! Албатта улар (Қуръон оятлари) эслатмадир.Alauddin Mansour: Yoʻq, (siz aslo bunday qilmang)! Albatta (Qurʼon oyatlari) bir pand-nasihatdir.Йўқ, (сиз асло бундай қилманг)! Албатта (Қуръон оятлари) бир панд-насиҳатдир.

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كَلَّآyoʻq!йўқ!إِنَّهَاalbatta, u(oyat)larалбатта, у(оят)ларتَذْكِرَةٌۭeslatmadirэслатмадир
TafsirТафсир

Yoʻq!!! Bundoq boʻlmasligi kerak! Boy-badavlat, obroʻli aʼyonlarga alohida eʼtibor berib, beva-bechora, kambagʻallardan mashgʻul boʻlib yuz oʻgirmaslik kerak!!!

«Albatta ular (Qurʼon oyatlari) eslatmadir.»

Ha, Qurʼon oyatlari barcha insoniyat uchun eslatmadir. Eslatma boʻlganda ham, ilohiy eslatmadir. Eslatma boʻlganida ham, ikki dunyo saodatiga eltuvchi eslatmadir. Qurʼon oyatlari har bir insonning har bir ishida eslatmadir. Inson oʻz hayotida doimo eslatmaga, koʻrsatmaga ehtiyoji bordir. Shuning uchun ham, insonning Xoliqi, uni yoʻqdan bor qilgan Zot, uning nimaga muhtojligini yaxshi biladigan Zot unga bergan turli ilm olish aʼzolarini, xususan aqlini raso qilib doimiy eslatma–Qurʼon oyatlarini ham Paygʻambari sollallohu alayhi vasallam orqali insonga berib qoʻyibdi. Kim ularni oʻz hayotiga tatbiq qilsa, eslagan boʻladi.

Uni kim eslashini esa, kelasi oyat bayon qiladi.