QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят16

كِرَامٍۭ بَرَرَةٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular hurmatlangan va o`ta yaxshidirlar.Улар ҳурматланган ва ўта яхшидирлар.Alauddin Mansour: Ulugʻ, itoatli (mirzolar qoʻllari bilan Lavhul-Mahfuzdan koʻchirib bitilgandir).Улуғ, итоатли (мирзолар қўллари билан Лавҳул-Маҳфуздан кўчириб битилгандир).

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
كِرَامٍۭhurmatlanganҳурматланганبَرَرَةٍۢoʻta yaxshiўта яхши
TafsirТафсир

Ha, Qurʼoni Karim oyatlari «safara»–elchi farishtalar qoʻlidadir. U elchi farishtalarning sifatlari hurmatlangan va oʻta yaxshidirlar. Ular, avvalo, farishtadirlar, farishtalar Allohning amridan zarracha ham chetga chiqmaydigan, oʻzlariga berilgan amrni soʻzsiz va bekami-koʻst bajaradigan zotlardir. Shuning uchun ham, Qurʼoni Karim oyatlarini naql va muhofaza qilishlarida hech qanday shak-shubha boʻlishi mumkin emas.

Ikkinchidan, mazkur farishtalar oddiy farishta emas, elchi farishtalardir. Elchilik sifatlari ham ularning Qurʼoni Karim oyatlarini muhofaza qilishda va naql etishda yana ham aniqlik bilan, yana ham ehtiyotkorlik bilan, yana ham omonat bilan harakat qilishlarini taʼminlaydi.

Uchinchidan, mazkur farishtalar Alloh taoloning huzurida alohida «hurmatlangan» farishtalardir. Alloh taolo koʻplab farishtalar ichidan bularni behudaga alohida hurmatlamagan. Ana oʻsha ilohiy hurmatlash ham ularning Qurʼoni Karim oyatlarini muhofaza va naql qilishda alohida aniqlik, ehtiyotkorlik va omonat bilan tasarruf qilishlari uchundir.

Toʻrtinchidan, Qurʼon oyatlari Alloh taolo tomonidan qoʻllariga ishonib topshirilgan farishtalar «oʻta yaxshi» farishtalardir. Farishtalar hammasi Alloh taoloning eng yaxshi qullari ekanligiga hech shubha yoʻq. Ammo Qurʼon oyatlariga masʼul qilingan farishtalar oʻsha eng yaxshi qullar ichida ham «eng yaxshi»lari ekani alohida eʼtiborga sazovordir.

Demak, Qurʼon tufayli, Qurʼon oyatlari xizmati tufayli bu xizmatga loyiq topilgan farishtalarning qadr-qiymatlari, obroʻeʼtiborlari va martabayu darajalari ham ortgan.

Xuddi shu holat insonlarga nisbatan ham boʻlgan. Qurʼoni Karim bilan Alloh taolo Oʻzi xohlagan bandalarining shonu sharafini koʻtargan. Avvalo, Qurʼon oyatlarini oliy–samoviy maqomdan, Ruhul Amiyn–Jabroil alayhissalomdan qabul qilib olish uchun bashariyatning eng afzali boʻlmish Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamni tanlab olgan. U kishidan ilohiy kalomni, qiyomatgacha ikki dunyo baxti yoʻlini insoniyatga koʻrsatib boruvchi dasturni qabul qilib olgan sahobalar jamoasi esa, insoniyat tarixidagi eng yaxshi, eng taqvodor, eng ahli solih va eng ishonchli avloddir. Ulardan keyingi avlodlardan ham eng yaxshi kishilar Qurʼonni yodlash, uni muhofaza qilish, uning xizmatida boʻlish baxtiga muyassar boʻlib kelmoqda. Bu ulkan martabaga muyassar boʻlish esa, kishining molu mulki, mansabi, nasl-nasabiga qarab emas, iymon-eʼtiqodi va Qurʼon xizmatiga boʻlgan xohish-ishtiyoqiga qarab boʻlmoqda. Qisqa qilib aytadigan boʻlsak, Qurʼon bilan moʻmin-musulmonlardan ixlosli kishilarning qadr-qiymatlari va obroʻ-eʼtiborlari koʻtariladi. Mulkdor va amaldorlar bilan Qurʼonning obroʻsi koʻtarilmaydi. Alloh taoloning Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamni Quraysh aʼyonlariga eʼtibor berib, aʼmo Abdulloh ibn Ummu Maktumga yuz burishtirishlarini itob qilishi ham shundan.

Qurʼoni Karimning va farishtalarning holini bayon qilib boʻlgandan soʻng, Alloh taolo Oʻz neʼmatini tan olmagan inson holini bayon qilishga oʻtadi.