قُتِلَ ٱلْإِنسَـٰنُ مَآ أَكْفَرَهُۥ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Insonga la'nat bo`lsin, uning kofirligi qandoq shiddatli bo`ldi.Инсонга лаънат бўлсин, унинг кофирлиги қандоқ шиддатли бўлди.Alauddin Mansour: Halok boʻlgur inson-a! Bunchalar kofir boʻlmasa!Ҳалок бўлгур инсон-а! Бунчалар кофир бўлмаса!
Alloh taoloning laʼnati va Oʻz rahmatidan uzoqlashtirishi boʻlsin bir insongaki, uning kofirligi qandoq ham yomon ish boʻldi! Alloh taolo unga rahim qilib, toʻgʻri yoʻlga yoʻllash uchun hidoyat mayogʻi etib Oʻz huzuridagi Qurʼoni Karimni nozil qilsa, bu inson qurgʻur unga iymon keltirib ikki dunyosi saodatini topish oʻrniga kufr keltiradi va ilohiy dastur boʻlmish Qurʼon haqida turli boʻlmagʻur gaplarni aytadi. Insonning Qurʼonga kufr keltirishi Paygʻambar sollallohu alayhi vasallamga va Allohga ham kufr keltirishidir. Bu qandoq ham yomon-a! Inson oʻz Xoliqiga kufr keltirishdan oldin, Alloh yuborgan Paygʻambarga kufr keltirishdan oldin, Alloh nozil qilgan Qurʼonga kufr keltirishdan oldin oʻzining asli kim ekanligiga bir nazar solsa, boʻlar edi.