QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят18

مِنْ أَىِّ شَىْءٍ خَلَقَهُۥ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Uni qaysi narsadan yaratdi?Уни қайси нарсадан яратди?Alauddin Mansour: (Alloh) uni qay narsadan yaratdi oʻzi?!(Аллоҳ) уни қай нарсадан яратди ўзи?!

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مِنْ-dan-данأَىِّqaysiқайсиشَىْءٍnarsaнарсаخَلَقَهُۥuni yaratdiуни яратди
TafsirТафсир

Yaʼni, Alloh taolo oʻsha kofirni nimadan yaratdi?!

Alloh taolodan oʻzga yaratuvchi boʻlishi mumkin emasligi oddiy mantiq dalolati boʻlgani uchun, oyatda «Alloh» soʻzi zikr qilinmagan. Chunki, Alloh taolodan oʻzga zot yaratuvchi boʻlishi hech kimning, hatto oʻsha nobakor kofirning ham xayoliga kelmaydi. Mazkur kofirni butu sanamlar xalq qilgani yoʻq. Shuningdek, u oʻzini oʻzi xalq qilgani ham yoʻq yoki uni oʻziga oʻxshagan biror maxluq ham xalq qilgani yoʻq. Zotan maxluq, oʻzi maxluq boʻla turib, bir vaqtning oʻzida xoliq ham boʻlishi mumkin emas.

Shuning uchun ham, savol kim xoliq(yaratuvchi) ekani emas, yagona xoliq–Alloh taolo oʻsha kofir insonni nimadan xalq qilgani haqida boʻlmoqda. Ushbu boʻlayotgan savol ham nomaʼlum narsani aniqlash uchun boʻlayotgani yoʻq. Balki maʼlum narsani esga solib qoʻyish uchun boʻlmoqda. Esga solganda ham, uning naqadar haqir, arzimas va past narsa ekanini taʼkidlash uchun boʻlmoqda. Shuning uchun ham, savolning javobi kutilmasdan gapning davomida javob bevosita aytib ketilmoqda: