مِن نُّطْفَةٍ خَلَقَهُۥ فَقَدَّرَهُۥ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Nutfadan uni yaratdi va uni o`lchovli qildi.Нутфадан уни яратди ва уни ўлчовли қилди.Alauddin Mansour: Uni bir (haqir) nutfadan yaratib, soʻng uni(ng ona qornidagi rivojini va oy-kunini) belgilab qoʻydi-ku!Уни бир (ҳақир) нутфадан яратиб, сўнг уни(нг она қорнидаги ривожини ва ой-кунини) белгилаб қўйди-ку!
Yaʼni, Alloh taolo insonni nutfadan yaratdi va uning barcha aʼzolarini oʻlchovli qildi.
Ha, oʻz Xoliqini inkor qilib kufrga ketgan, U yuborgan Paygʻambarni yolgʻonchiga chiqarayotgan va U nozil qilgan Qurʼonni tan olmayotgan mutakabbir kofirni Alloh taolo «nutfa»dan–jinsiy aʼzodan chiqadigan jirkanch suvdan xalq qilgan. Bu suv shunchalik jirkanchki, undan har qanday odam oʻzini olib qochadi, badani yoki kiyimiga tegib qolsa, tezroq yuvib undan poklanishga shoshiladi. Ana shundoq suvdan paydo qilingan inson, endi oʻzini xalq qilgan ulugʻ Zotga kufr keltirib mutakabbirlik qiladigan boʻlib qoldimi?
Imom Hasan al-Basriy: «Siydik yoʻlidan ikki marta chiqqan kimsa qandoq qilib mutakabbirlik qilar ekan?!»–deganlar. Yaʼni, otasining siydik yoʻlidan bir marta, onasining siydik yoʻlidan bir marta chiqqan kimsa uchun mutakabbirlik qilishga yoʻl boʻlsin, deganlaridir.
«Va uni oʻlchovli qildi.»
Yaʼni, uni nutfadan yaratgan Zot barcha aʼzolarini aniq va daqiq oʻlchovli qilib onasining qorniga joylashtirdi. Insonning hamma narsasi Alloh taolo yaratgan barcha narsalar qatori oʻlchovli ekani hammaga maʼlum. Insonning tashqi va ichki aʼzolari oʻlchovli. Biri uzun, ikkinchisi qisqa emas. Biri yoʻgʻon, ikkinchisi ingichka ham emas. Shuningdek, insonning tomirlari, ichaklari, paylari, hujayralari va boshqa narsalari ham aniq va ravshan oʻlchovlidir. Buni, ayniqsa, soha mutaxassislari juda yaxshi biladilar. Ushbu oyatda insonni ona qorniga joylashtirish paytidagi oʻlchov haqida gap ketmoqda. Hali inson endi urugʻlik bilan tuxumlik urchishi paytida ham oʻlchovli ekanligiga nima deysiz? Oʻsha oddiy koʻzga koʻrinmaydigan bosqichda ham Alloh taolo mukammal insonning oʻlchovini qilib qoʻyganiga nima deysiz? Inson kufr keltirish oʻrniga oʻzining haqir suvdan yaralganini eslasa, boʻlmasmidi? Agar Alloh taolo oʻlchovini toʻgʻrilab qoʻymasa, boshqa haqir suvlar kabi toʻkilib ketishi mumkinligini oʻylasa, boʻlmasmidi?