QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят32

مَّتَـٰعًا لَّكُمْ وَلِأَنْعَـٰمِكُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Sizlarga va chorvalaringizga manfaat va lazzat bo`lsin, deb.Сизларга ва чорваларингизга манфаат ва лаззат бўлсин, деб.Alauddin Mansour: Sizlar uchun va chorva hayvonlaringiz uchun manfaat boʻlsin (deb undirib-oʻstirib qoʻydik-ku!)Сизлар учун ва чорва ҳайвонларингиз учун манфаат бўлсин (деб ундириб-ўстириб қўйдик-ку!)

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّتَـٰعًۭاmanfaat boʻlsin debманфаат бўлсин дебلَّكُمْsizlargaсизларгаوَلِأَنْعَـٰمِكُمْva chorvalaringizgaва чорваларингизга
TafsirТафсир

Ha, haqiqatan, zikr qilingan va qilinmagan hamma ozuqabop narsalardan yoki insonning oʻzi yoki uning chorvalari manfaatlanadi. Inson esa, mazkur nabototlarga qoʻshib chorvalardan ham manfaat oladi. Ularni ham taom qilib yeydi.

Bu narsalarning hammasini unga Alloh taolo neʼmat qilib bergan. Ularga inson shukr qilishi kerak. Shukr esa, Alloh taologa iymon keltirish, unga ibodat qilish, amrida yurib, qaytarganidan qaytish bilan boʻladi.

Hozirgacha kelgan oyatlarda insonga uning ibtidosiyu intihosi va yana, unga berilgan baʼzi neʼmatlar eslatib oʻtildi.

Endi, beparvo inson «tugʻilish boru oʻsib-ulgʻayish bor, soʻng dunyo matolaridan manfaatlanish bor», deb oʻtib ketavermasligi uchun, Alloh taolo oxiratda bularning barchasining hisob-kitobi ham borligini eslatib, qiyomat haqida soʻz ochadi.