QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Abasa surasi · Oyatсураси · Оят33

فَإِذَا جَآءَتِ ٱلصَّآخَّةُ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Vaqtiki kar qiluvchi ovoz kelsa.Вақтики кар қилувчи овоз келса.Alauddin Mansour: Bas, qachon (quloqlarni) kar qilguvchi (dahshatli qichqiriq) kelganda (yaʼni, sur ikkinchi marta chalinib, barcha xaloyiqqa qaytadan jon ato etilganda, har bir inson oʻzi bilan oʻzi boʻlib qolur)!Бас, қачон (қулоқларни) кар қилгувчи (даҳшатли қичқириқ) келганда (яъни, сур иккинчи марта чалиниб, барча халойиққа қайтадан жон ато этилганда, ҳар бир инсон ўзи билан ўзи бўлиб қолур)!

585-sahifa · 30-juz · 59-hizb585-саҳифа · 30-жуз · 59-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَإِذَاvaqtiki qachonвақтики қачонجَآءَتِkelsaкелсаٱلصَّآخَّةُquloqlarni kar qiluvchi ovozқулоқларни кар қилувчи овоз
TafsirТафсир

Biz, kar qiluvchi ovoz, deb tarjima qilgan maʼno, Qurʼoni Karim taʼbiri ila bir ogʻiz lafz ila «As-Sooxxa» deyiladi. «As– Sooxxa»–qiyomatning nomlaridan biri boʻlib, «quloqlarni kar qiluvchi ovoz» maʼnosini bildiradi. Qiyomat qattiq qichqiriq ovozdan keyin qoim boʻlgani uchun shu nom bilan ham atalgan. Ushbu oyati karimada qiyomat kuni dahshatini vasf qilish uchun uning aynan ushbu sifati keltirilmoqda.

Keyingi oyatlarda quloqlarni kar qiluvchi qattiq qichqiriq ila qiyomat qoim boʻlganidan soʻng nimalar boʻlishi zikr qilinadi.