ضَاحِكَةٌ مُّسْتَبْشِرَةٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular kulgu bilan to`la, yetgan xushxabardan xursand.Улар кулгу билан тўла, етган хушхабардан хурсанд.Alauddin Mansour: Kulguvchi va xurram boʻlur.Кулгувчи ва хуррам бўлур.
Albatta, bular jannatiy bandalarning chehralaridir. Qiyomat kuni, avval zikr qilinganidek, oʻta dahshatli, har bir odamni oʻzini oʻzi bilan ovora qilib qoʻyadigan qoʻrqinchli bir kun boʻlsa ham, oʻsha kunda taqvodor moʻmin-musulmonlarning chehralari porloq boʻladi. Ular bu dunyodagi iymon-eʼtiqodlari, ibodatu amali solihlari mukofoti tariqasida oʻzlariga jannat va uning neʼmati haqida berilgan xushxabardan xursandlar, yuzlari toʻla kulgu.
Ammo doʻzaxiylarning holi qandoq boʻladi? Bu savolga javob quyidagi oyatlarda keladi: